15:29 / 06.08.2020
36242

Qibray ma'muriy sudi SULTON TEX GROUP shikoyatini qanoatlantirishni rad etdi

Qibray tuman ma'muriy sudi bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev, Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev va uning birinchi o‘rinbosari Shuhrat Teshayevlar ustidan kiritilgan da'vo arizasi yuzasidan o‘zining hal qiluv qarorini ma'lum qildi. SULTON TEX GROUP vakilining Kun.uz muxbiriga ma'lum qilishicha, sudya shikoyatni rad etishni lozim topgan. 

Sulton Tex Group / Foto: KUN.UZ

2020 yil 6 avgust kuni Qibray tuman ma'muriy sudida sudya Ahrorbek Eraliyev hukumatning yuqori lavozimli mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari ustidan kiritilgan shikoyat arizani qanoatlantirmaslikka qaror qildi. 

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 4 avgustda Qibray tumani ma'muriy sudida bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev, Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev va uning birinchi o‘rinbosari Shuhrat Teshayevlar ustidan kiritilgan da'vo arizasi yuzasidan muzokara kuni bo‘lib o‘tgandi. Unda da'vo arizasi bo‘yicha aloqador deyarli barcha idora va tashkilotlar vakillari vakillari qatnashgan, sudga raislik qiluvchi A. Eraliyev 6 avgustga qadar tanaffus e'lon qilgan edi. 

Shikoyat arizasining rad etilishi tafsilotlariga sud qarori chiqqandan va u qonuniy kuchga kirgandan so‘ng alohida to‘xtalamiz.

Top