07:30 / 18.09.2020
6085

O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish ilmiy markazi tashkil etiladi

O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini o‘rganish ilmiy markazi tashkil etiladi. Bu haqda 2020-2021 Iqtisodiyotda tarkibiy islohotlarni tiklash va davom ettirish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»da aytilgan.

Qayd etilishicha, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti negizida O‘zbekistonda «Kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini o‘rganish» Ilmiy markazini tashkil etish mo‘ljallanmoqda.

Bajarish muddati - 2020 yil oktabr, ijro uchun mas'ullar - Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, Prognozlash-tirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti. Moliyalashtirish manbasi - budjet mablag‘lari.

Ta'kidlanishicha, bu borada normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi. Unda kambag‘allikni qisqartirish masalasida ilmiy-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlari bazasi takomillashtirilib, tuman (shahar) miqyosida taklif va tavsiyalar ishlab chiqish nazarda tutiladi.

Top