17:10 / 17.08.2019
8257

Abdulaziz Komilov Xitoyga boradi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

2019 yilning 19-20 avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy tashrifni amalga oshiradi.

Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, tashrif dasturida Xitoy raisi o‘rinbosari Van Tsishan va Davlat kengashi a'zosi, tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashuvlar ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston TIV rahbari mamlakatning Pekin shahridagi elchixonasi yangi binosining ochilish marosimida ham ishtirok etadi.

Top