14:00 / 24.03.2018
29541

Prezident Xitoydan o‘rganish kerakligini ta'kidladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev 23 mart kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida aholi tomorqalaridan samarali foydalanish borasida qilinayotgan ishlarni chuqur tahlil qildi. Bu haqda KUN.UZ muxbiri xabar berdi.
 
Yig‘ilishda farmon bilan Kengashlarga yuklatilgan “Tomorqa – qo‘shimcha daromad manbai” shiorini keng targ‘ib qilish, tomorqadan samarali foydalanayotgan aholini rag‘batlantirish va aksincha samarasiz foydalanayotgan aholiga chora ko‘rish masalalari muhokama qilindi.   

Prezident Xitoyning ushbu sohada erishgan yutuqlari haqida shunday dedi: “Bir misol keltirmoqchiman. Bugungi kunda Xitoy o‘zi yetishtirgan meva-sabzavot mahsulotlari bilan nafaqat 1,5 milliard aholisini ta'minlayapti, balki eksport bo‘yicha ham yetakchi hisoblanadi. Xitoy ham bu yutuqlarga osonlikcha erishmagan. Og‘ir bo‘lgan. Buning barchasi “Xitoy mo‘'jizasi”ning asoschisi  bo‘lgan Den Syaopin tomonidan ishlab chiqilgan islohotlar, shu jumladan shaxsiy tomorqa xo‘jaliklarini rivojlantirishdan boshlangan. 
Cho‘p suqsang, ko‘karadigan yerimiz bor, mehnatsevar xalqimiz bor. Lekin tomorqa yerlaridan – shunday katta rezervdan foydalanmayapmiz. Shuning uchun bugundan boshlab «Tomorqaga ekin ekish» oyligini e'lon qilib, har bir tomorqaga ekin ekishni tashkil etish kerak. Agar hozir ekmasak, keyin kech bo‘ladi”.

 

Top