22:46 / 26.04.2018
14921

Seyshel va Maldivlar Yer yuzidan yo‘qolib ketishi mumkin

Foto: Flickr

Olimlar mashhur dam olish maskanlarini ziyorat qilish uchun insoniyat oldida ko‘pi bilan 10 yil qolganini ta'kidlashmoqda. 2030 yilga borib Hind va Tinch okeanidagi orollarning aksariyat qismi yashash uchun yaroqsiz holatga keladi — AQSh va Havayi universiteti Geologik xizmati olimlari va tadqiqotchilari shunday xulosaga kelishdi. 

Marshall orollarida suv sathining o‘zgarishi va geologik xususiyatlarning o‘rganilishi natijasida olimlar quruqlik vaqt o‘tgach dengiz tomonidan yopilishi, orol-davlatlar hududining suv ostida qolishi esa - yaqin o‘n yilliklardagi yagona muammo emasligini ta'kidlashmoqda.

Odamlar orollarning yo‘qolishidan tashqari o‘tkir suv tanqisligiga duch kelishadi, bunga esa global isish sabab bo‘ladi. Ularning taxminlariga ko‘ra, 2030 yildan boshlab suv muammosi yaqqol sezila boshlaydi. Tadqiqotchilar fikricha, Spratli va Havayi kabi boshqa yirik orol arxipelaglarini ham shunday taqdir kutmoqda.

Top