Sport | 21:17 / 20.11.2020
20125
2 daqiqa o‘qiladi

Superliganing bir necha nafar hakami korrupsiyada gumon qilinmoqda

O‘zbekiston milliy chempionatlarida faoliyat olib borayotgan bir necha nafar hakamlar korrupsiyaga gumonlanib, so‘roq qilinmoqda.

Foto: Tribuna.uz

Tribuna.uz sayti manbasiga ko‘ra, O‘zbekiston Superligasi uchrashuvlarida faoliyat olib borayotgan bir qator bosh hakamlar Superliga o‘yinlari natijasiga atayin ta'sir ko‘rsatish, uchrashuv oldidan klub vakillari bilan aloqaga chiqib, o‘yinda jamoaga yordam berish masalasida kelishish, pora olish kabi qing‘ir ishlarga qo‘l urishda gumon qilinmoqda. 

Vaziyatdan xabardor manbaning aytishicha, bir necha yildan buyon Superliga o‘yinlarini boshqarib kelayotgan va tamagirlikda gumon qilingan hakamlar va shaxslar so‘nggi ikki yil davomida huquq-tartibot idoralari tomonidan kuzatib kelingan. To‘plangan dalil va isbotlar asosida gumondorlar so‘roq qilinmoqda. 

Ma'lumot uchun, Professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan milliy chempionat va kubok o‘yinlariga O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi qoshidagi Hakamlar departamenti tomonidan hakam va nazoratchilar tayinlanadi. 

Tekshiruvlar yakuniga yetgach, bu haqda to‘liq rasmiy ma'lumotlar berilishi kutilmoqda.

Mavzuga oid