18:23 / 13.09.2019
7
28392

Yoshlar ittifoqi raisiga birinchi o‘rinbosar saylandi

Akmal Muradovich Jumaboyev O‘zbekiston yoshlar ittifoqi raisining birinchi o‘rinbosari etib saylandi. 

Akmal Muradovich Jumaboyev

Kun.uz manbasi xabar berishicha, Akmal Jumaboyev tashkilotning kengaytirilgan yig‘ilishida rasman tanishtirilgan.

Akmal Jumaboyev 2018 yildan buyon tashkilotning Toshkent shahar kengashi raisi sifatida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyi oxirida Qahramon Quronboyev o‘rniga uning o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Alisher Sa'dullayev tashkilot raisi etib saylangan, shundan keyin rais o‘rinbosari lavozimi bo‘sh qolayotgandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top