O‘zbekiston | 20:59 / 04.08.2021
4891
2 daqiqa o‘qiladi
Andijon, Namangan va Jizzax viloyatlaridagi ayrim tumanlar gulchilikka ixtisoslashtiriladi
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi OTMlarda Gulchilik magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev gulchilik va ko‘chatchilik sohalarini rivojlantirishga oid qarorni imzoladi, deb xabar bermoqda Nigoh Telegram-kanali.
Hujjatga ko‘ra:
- Gul yetishtiruvchilar uyushmasi tashkil etilmoqda. Uning faoliyatini tashkil etish, malakali mutaxassislarni jalb qilish hamda uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan 20 mlrd so‘m ajratilmoqda;
- Andijon viloyatining Andijon, Izboskan va Oltinko‘l tumanlari, Namangan viloyatining Namangan va Davlatobod tumanlari, Jizzax viloyatining Zomin va G‘allaorol tumanlari gulchilikka ixtisoslashtirilmoqda.
Gulchilik sohasida oliy ma'lumotli kadrlarni tayyorlash maqsadida:
- 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi OTMlarda Gulchilik magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi;
- 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Manzarali bog‘dorchilik va ko‘kalamzorlashtirish bakalavriat ta'lim yo‘nalishining o‘quv rejasiga gulchilikka oid mutaxassislik fanlari kiritiladi va ularning o‘quv soatlari oshiriladi;
- gul eksporti bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub'yektlarining gul ko‘chatlari, urug‘lari, piyozlari va payvandtaglari importi uchun sarflagan transport xarajatlarining 50 foizi Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan qoplanadi;
- 2023 yil 1 yanvarga qadar respublika hududiga olib kirilayotgan tuganaklar, piyozboshlar, tuganaksimon ildizlar, tuganak piyozlar, ildizpoya hamda boshqa tirik o‘simliklar (jumladan, ildizlari), qalamchalar va parxishiga nisbatan bojxona bojining “nol” stavkasi belgilanmoqda;
- gulchilik sohasida ilm-fanni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan grantlar ajratish tizimi joriy etiladi;
- Toshkent va Namangan shaharlarida yirik ulgurji gul bozori tashkil etiladi.
Mavzuga oid
11:53 / 08.03.2024
8 martda gulchilar qancha daromad topadi? | “Kasb-u kor”
09:30 / 26.10.2023
Gulchilikni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha choralar qabul qilindi
11:41 / 25.02.2023
Ertalabdan kechgacha gullar ichida: Izboskandagi gulchilar mahallasi
20:33 / 21.01.2022