12:25 / 17.11.2017
80631

MIB auksionida avtosalon binosi, «Captiva», «Malibu» va supermarket sotilmoqda

Foto: e-auksion.uz

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi musodara etilgan yana qator moddiy boyliklarni onlayn auksionga qo‘ydi.

Xususan, MIB «Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi» davlat unitar korxonasi tomonidan Toshkent shahar, Sergeli tumanida «Captiva» auksionga qo‘yildi. U 88 000 000 so‘mga baholandi. 

Shuningdek, Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani Log‘on QFY Mash'al MFYdagi supermarket 250 000 000 so‘mga sotilmoqda. 

MIB auksionidan 66 mln. so‘m evaziga «Captiva» olish mumkin

Toshkent shahar Sergeli tumani Yangi Sergeli ko‘chasidagi LADA avtosaloni joylashgan 7-uy esa 3 660 000 000 so‘mga baholandi. 

Auktsionga qo‘yilgan mashinalar orasida 25 000 000 so‘mga baholangan «Kobalt», 25 mln. so‘mga baholangan «Spark», 66 mln. so‘mga baholangan «Malibu» bor.

Bundan tashqari, Samarqandda 519 mln. so‘mga baholangan do‘kon binosi, Farg‘ona viloyatida 214,5 mln. so‘mga baholangan ko‘chmas mulk ham sotuvga qo‘yildi.

Foto: e-auksion.uz
Foto: e-auksion.uz
Foto: e-auksion.uz
Foto: e-auksion.uz
Foto: e-auksion.uz
Foto: e-auksion.uz
Foto: e-auksion.uz
Foto: e-auksion.uz
Mavzuga oid
Top