O‘zbekiston | 21:05 / 02.02.2018
35226
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoro viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Xolmurodov Nozimjon Qosimovich Buxoro viloyati hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Xolmurodov Nozimjon Qosimovich 1977 yil Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida tug‘ilgan. 1995 yil Turkiya respublikasi Gazi universitetini va 2005 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan. Mutaxassiligi iqtisodchi-statist.

Ushbu lavozimni egallagunga qadar Nozimjon Xolmurodov O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hududlarning turizm salohiyatini  rivojlantirishni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.

Mavzuga oid