11:18 / 07.12.2018
15848

O‘zbekistonda o‘z-o‘zini band qilish uchun vaqtinchalik mehnat patenti joriy etiladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “2019 yilda aholi bandligini ta'minlash va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish Davlat buyurtmasi to‘g‘risida”gi hujjat loyihasi joylashtirildi.

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda o‘z-o‘zini band qilish uchun vaqtinchalik mehnat patentini kiritish, bunda patent egalariga rag‘batlantiruvchi imtiyozlarni joriy etish tartib yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi. 

Tartibda:

o‘z-o‘zini band qilgan fuqarolarni vaqtinchalik mehnat patenti uchun to‘lovni amalga oshirgan davri mehnat stajiga kiritish;

vaqtinchalik mehnat patenti orqali o‘z-o‘zini band qilgan fuqarolar pensiya olish huquqi paydo bo‘lganidan so‘ng ularga pensiya tayinlash huquqlarini berish;

Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan imtiyozli kredit ajratish;

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufidagi kasb-hunar kollejlari, “Ishga marhamat” markazi, kasbga o‘qitish (KOICA) markazlarida tadbirkorlik va kasbga o‘qitish kurslarida bepul o‘qitish;

haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish va mehnat qurollarini ijaraga berishni nazarda tutadi.

Mavzuga oid
Top