Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Balkonidan qizaloq tushib ketgan uy quruvchisi va loyihalovchisiga chora ko‘riladi
Samarqandning Qorasuv mavzesida bir yarim yoshli qizaloq uy balkoniga o‘rnatilgan panjaradan o‘tib, 10-qavatdan pastga tushib ketgan va halok bo‘lgan edi. Qurilish vazirligi panjaraning to‘sig‘ini o‘lchadi va mas’ullarga chora ko‘radigan bo‘ldi.
Foto: Kun.uz
13 iyun kuni mutasaddilar ayvonni to‘sib turuvchi metal to‘siqlarni tekshirgan. To‘siqdan polgacha bo‘lgan masofa (chaqaloq shu oraliqdan tushib ketgani aytilmoqda) ishchi loyiha qirqimida 150 mm ko‘rsatilgan bo‘lib, joyida o‘lchanganda 165-170 mm chiqqan. Loyihada to‘siqning ostki qismi betondan yoki kafel yuzasidan ekani aniq ko‘rsatilmagan.
“Loyiha tashkiloti “Univer Pro Stile” MChJ va pudratchi tashkilot “Agromir Buildings” MChJning qurilish ishlariga mas’ul mansabdor shaxslariga amaldagi qonunchilikda belgilangan choralar ko‘rilishini bildiramiz”, – deyiladi Qurilish vazirligi axborotida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq mazkur uylarda yashovchi aholi vakillari Kun.uz bilan suhbatda bunday fojia ro‘y berishidan qo‘rqib kelishganini aytgandi. Fuqarolarga ko‘ra, ular bir necha marta balkonlar oldini yopishni taklif qilgan, biroq “NUR SHARQ TESS” boshqaruv tashkiloti bunga ruxsat bermagan: agar balkonlar oldi balandroq qilib yopilsa, fasad ko‘rinishini buzishi aytilgan.
“Bir necha marta murojaat qilishimizga qaramay, balkonlarni yopib berishmadi. Orqaga surishdi, natija fojia bilan tugadi. Qo‘shni uylarda yashovchilar o‘zlari balkonga balandroq qilib panjara o‘rnatishgandi. Ikki-uch kunga qolmay oldirib tashlandi”, – deydi “domkom” Gavhar opa.
9 iyundagi fojia Qorasuvda bu kabi birinchi hodisa emasdi. Aholining aytishicha, bir yilcha avval yuqori qavatdan tushib ketgan ayol ham nobud bo‘lgan. Bundan tashqari, 80-uyda ijarada yashab kelgan oilaning farzandi uchinchi qavatdan tushib ketib, joni omon qolgan. Shundan so‘ng ular ko‘chib ketishga majbur bo‘lgan.

Qurilish vazirligi o‘z munosabatida mazkur uylarning qurilishi va tekshiruvlari bo‘yicha xronologiyani keltirib o‘tgan.
Unga ko‘ra, “Agromir Buildings” MChJ Samarqand viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan 2019 yil 30 martda ro‘yxatdan o‘tgan. Samarqand shahar Qurilish bosh boshqarmasi Arxitektura va shaharsozlik kengashining 2019 yil 14 fevraldagi 302-sonli xulosasi bilan, “Univer Pro Stile” MChJ tomonidan loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan.
“Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK Samarqand viloyati filiali 2019 yil 28 martda 459-2019 sonli ishchi loyiha bo‘yicha yig‘ma ekspert xulosasini bergan.
2019 yilda Samarqand shahar Qorasuv massivida 16 qavatli turar joy binolarining qurilish-montaj ishlari boshlangan.
Inspeksiya tomonidan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq qurilish-montaj ishlarining sifati va to‘liqligiga rioya etilishi ustidan nazorat funksiyalarini olib borish davrida qurilish obektida yozma ko‘rsatmalar (23.04.2019 – 4/21-son; 21.11.2019 – 4-79-son; 20.12.2019 – 4/88-son; 21.01.2020 – 4/97-son; 07.12.2020 – 4/93-son) berilgan, deyiladi rasmiy axborotda.
- Jinoyat kodeksining 258-moddasiga ko‘ra, qurilish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, muayyan huquqdan mahrum qilib, 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Mavzuga oid
11:33 / 16.05.2026
Samarqanddagi YTHda ikkita yuk mashinasi yonib ketdi
11:45 / 14.05.2026
Samarqand 2045 yilgacha ikki baravar kengayadi
07:23 / 05.05.2026
Prezident Samarqanddagi OTB yig‘ilishida muhim tashabbuslarni ilgari surdi
17:45 / 30.04.2026