O‘zbekiston | 18:29 / 02.03.2021
34427
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya bilan muntazam aviaqatnov mart oyidan boshlanishi mumkin

Rossiya hukumati maxsus komissiyasi talablari asosida, O‘zbekiston barcha zarur ma'lumotni taqdim etgan va Rossiya tomoni javobi kutilmoqda.

O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida muntazam aviaqatnov shu yilning mart-aprel oylarida qayta tiklanishi mumkin. Buning uchun O‘zbekiston hukumati maxsus komissiyasi Rossiya tomoniga o‘rnatilgan tartibda so‘rov yuborgan.

Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyevning Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, koronavirus bilan bog‘liq sanitariya-epidemiologik vaziyat to‘g‘risida talab etilgan barcha ma'lumot o‘rnatilgan tartibda Rossiya hukumatiga taqdim etilgan. Ayni paytda ularning javob kutilmoqda.

Ayni paytda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida maxsus reyslar orqali parvozlar amalga oshirilmoqda.

Avvalroq, Moskva-Bishkek yo‘nalishidagi aviaqatnovlar haftasiga bittadan uchtaga yetkazildi, Belarus bilan temir yo‘l qatnovi tiklanadi, Moskva-Minsk yo‘nalishidagi muntazam aviaqatnovlar haftasiga uch martadan besh martaga oshdi.

2021 yil 15 fevraldan o‘zaro asosda Ozarboyjon va Armaniston bilan xalqaro aviaqatnovlarni tiklashga qaror qilindi. Rossiya 27 yanvardan Finlyandiya, Vetnam, Hindiston va Qatar bilan aviaqatnovlarni tikladi.

Mavzuga oid