09:09 / 30.04.2018
14386

Suriyadagi harbiy obektlar raketa hujumiga uchradi

Foto: NTV

Suriya armiyasining Xama va Halab shaharlari chekkalaridagi harbiy obektlariga raketalar bilan hujum qilindi. Bu haqda SANA axborot agentligi xabar berdi.   

“RIA Novosti” axborot agentligining ma'lum qilishicha, zarbaga uchragan qurol ombori An-Nayrab aeroporti va Al-Malikiya o‘rtasida joylashgan. Zarba berilishi oqibatida Xama chekkasida yirik yong‘in chiqqan.

Yaqin Sharqdagi vaziyatni monitoring qiluvchi Directorate 4’ning Telegram-kanalida aytilishicha, zarbalar Isroil harbiy-havo kuchlari tomonidan Suriya armiyasining 47-brigadasi bazasiga berilgan. 

 

Top