20:50 / 18.09.2018
3639

Yevrokomissiya Jahon savdo tashkilotini isloh qilish rejasini taqdim qildi

Foto: AFP 2018 / Fabrice Coffrini

Yevrokomissiya (YeK) Jahon savdo tashkilotini zamonamizga ko‘proq mos kelishi uchun isloh qilish rejasini taqdim qildi. 

“Tizimni zamonaviy global iqtisodiyot qiyinchiliklarini yenga oladigan qilish uchun harakatlar vaqti keldi”, deb aytilgan savdo bo‘yicha yevrokomissar Sesiliya Malmstremning bayonotida.

Avvalroq Malmstrem matbuot anjumanda JST tizimi tez o‘zgaruvchan global iqtisodiyotga, misol uchun, elektron tijoratga yetarlicha darajada moslasha olmagani sababli ehtimol chuqur inqirozdaligini, biroq JST o‘z-o‘zini isloh qila olmasligini va bu boradagi javobgarlik uning a'zolari gardanidaligini aytgan.   

Bayonotga ko‘ra, islohotlar uchta asosiy soha – jahon savdosi qoidalarini yangilash, JSTning monitoring rolini kuchaytirish va tashkilot doirasida bahslarni hal qilish tizimidagi joriy turg‘unlikni yengib o‘tishga taalluqli bo‘ladi.

“Yevropa Ittifoqi aniq takliflarni tayyorlash uchun taqdim qilingan dastlabki g‘oyalarni JST bo‘yicha boshqa hamkorlari bilan yaqin haftalarda muhokama qilishni davom ettiradi”, deb aytilgan bayonotda. 

Mavzuga oid
Top