Jahon | 07:52 / 08.06.2024
8983
2 daqiqa o‘qiladi

Daniya bosh vaziri Kopenhagenda hujumga uchradi

Eski shahardagi maydonda noma’lum shaxs Mette Frederiksenga zarba bergan. U qo‘lga olindi.

Foto: AP

Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen Kopenhagenda hujumga uchradi. Mahalliy Ekstra Bladet nashri uning idorasiga tayanib xabar berishicha, 7 iyun, juma kuni Daniya poytaxti markazida noma’lum erkak unga zarba bergan.

Matbuot xabarida aytilishicha, bosh vazirning o‘zi ham voqeadan hayratda qolgan, hujum qilgan shaxs esa qo‘lga olingan. Ekstra Bladet manbalariga tayanib yozishicha, Frederiksen yaxshi holatda, lekin u sodir bo‘lgan voqeadan «juda hayratda». 

Yevropada siyosatchilarga hujumlar 

May oyi oxirida Germaniyaning Manxaym shahrida Pax Europa harakatidan siyosatchi Mixael Shtyursenberger pichoqlab ketildi. Hodisada 29 yoshli politsiyachi Ruven L. ham halok bo‘ldi. Bir necha kundan so‘ng xuddi shu joyda o‘ng qanot populist «Germaniya uchun muqobil» (GuM) partiyasidan jamoatchilik kengashi rahbari lavozimiga nomzod Xaynrix Koxga pichoq bilan hujum qilindi.  

Avvalroq Germaniyada boshqa siyosatchilar ham hujumga uchragan edi. Xususan, may oyi boshida Germaniya sotsial-demokratik partiyasi (GSDP) a’zosi, Berlindagi iqtisodiy senator Fransiska Giffay va Drezdenda ismi oshkor etilmagan siyosatchi bir kunda hujumga uchradi.

15 may kuni Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso bir necha bor o‘q uzilishi oqibatida yaralangan edi. Suiqasdda gumonlanuvchi - 71 yoshli slovak yozuvchisi Yuray Tsintula. U o‘z harakatini hukumat siyosatidan norozi ekani bilan izohladi. 31 may kuni Fitso kasalxonadan chiqdi. 

Mavzuga oid