Seoul Mun: poytaxt markazidagi biznes uchun istiqbol va imkoniyatlar
Dream City Development Seoul Mun loyihasining shimoli-sharqiy sohili savdo binolari afzalliklari haqida hikoya qildi.
Seoul Mun – Dream City Developmentning o‘ziga xos loyihasi bo‘lib, poytaxt markazida joylashgan. 23 oktyabrdan boshlab Bo‘rijar kanalining shimoli-sharqiy qirg‘og‘i bo‘ylab joylashgan loyihaning savdo zonalari sotuvga chiqadi. Konseptual savdo va ko‘ngilochar markazi koreys milliy uslubida loyihalangan uch darajali savdo maskanidir.
Avgust oyida kompaniya janubi-sharqiy sohilda savdo ko‘chmas mulk savdosi boshlanganligini e'lon qildi. 3 oy ichida savdo hajmi 75% ni tashkil etdi.
«Ishonch bilan aytishim mumkinki, Seoul Mun savdo ko‘chmas mulki xiti va ulkan muvaffaqiyat. Birinchi bosqichda sotuvga qo‘yilgan 8000 kvadrat metr maydonning 6000 kvadrat metrdan ortig‘i sotildi», - deya ta'kidlaydi Dream City Development sotuv bo‘limi boshlig‘ini o‘rinbosari Deniz Baxchechi.
Konseptual loyihaning shimoli-sharqiy sohili biznesni amalga oshirish uchun yanada ko‘proq imkoniyatlar va istiqbollarni taklif etadi:
- Poytaxt markazida avtomobillar harakati yuqori bo‘lgan ikkita markaziy avtomagistralning kesishgan qismidagi qulay joy;
- Yo‘l bo‘ylab joylashganligi savdo va ko‘ngilochar markazining hududiga kirishni yanada qulayroq bo‘lishini ta'minlaydi;
- Savdo binolari soni janubi-g‘arbiy sohilga nisbatan ikki baravar ko‘p. Eng ajoyib g‘oyalarni amalga oshirish uchun savdo ko‘chmas mulki uchun 180 dan ortiq turli xil variantlar mavjud;
- 15 dan 1000 kvadratgacha maydonga ega joylarining katta tanlovi bu yerda kichik do‘kondan keng supermarketgacha yoki mualliflik restorani kabi turli xil biznes shakllarini amalga oshirishga imkon beradi;
- Obektlarning 6,5 metrgacha shift balandligi qo‘shimcha kenglik yaratadi;
- Har bir joyning ochiq terrasi mavjudligi qo‘shimcha imkoniyatlarni amalga oshirishga imkon beradi. Bunday joydan umumiy ovqatlanish shoxobchalari yozgi terrasa sifatida foydalanishlari mumkin. Bu yerda dam olish uchun o‘rindiqlar o‘rnatish hamda ko‘proq tashrif buyuruvchilarni jalb qilish maqsadida tashqi reklama ilish imkoniyati mavjud.
Tijorat ko‘chmas mulki sohasidagi xalqaro mustaqil ekspert Knight Frank bilan faol hamkorlik jarayonida maskan uchun 5 ta asosiy tavsiya etilgan bino turlari aniqlandi: umumiy ovqatlanish kichik formati (food & beverage light),o‘rta va yirik formatdagi ovqatlanish maskanlari (food & beverage heavy), universal savdo nuqtalari (line store), yirik do‘konlar (anchor store), ko‘ngilochar-o‘yin zonasi (leisure). Mahalliy ko‘chmas mulk bozorining ko‘plab marketing tadqiqotlariga asoslangan mutaxassislar tomonidan olib borilgan izlanishlar bu yerda har qanday biznes turini amalga oshirish mumkinligini hamda unga tashrif buyuruvchilar ko‘p bo‘lishini taxmin qilishdi. Bu esa loyihaning ulkan imkoniyatlari haqida dalolat beradi.
«Seoul Mun Toshkentda eng yaxshi joylashuvga ega. Yaqin atrofda savdo markazlari mavjud bo‘lishiga qaramay, muvaffaqiyatli loyiha har kuni 11.000 mehmonni jalb qiladi va yiliga tashrif buyuruvchilar soni 4.000.000 ga yetadi. Bizning baholashimizga ko‘ra, ushbu loyiha investorlarga faol ishtirok etishlari uchun ajoyib imkoniyat yaratadi. O‘sib borayotgan bozor sektori va yuqori ijara rentabelligidan foyda olish mumkin», - deya ta'kidlaydi Knight Frank eksperti Vargis Paulos Pulikakudiil.
Savdolarning boshlanishi istiqbolli ko‘chmas mulkni qulay shartlarda sotib olishga imkon beradi. Loyiha foydalanishga topshirilguniga qadar obektlarning kapitallashuvi 30 foizga yetadi.
Seoul Mun – miqyos jihatdan ulkan loyiha, bu sizga biznesning istalgan sohasidagi imkoniyatlaringizni maksimal darajada ro‘yobga chiqarishni kafolatlaydi.
Qo‘shimcha ma'lumotlarni seoulmun.uz saytiga tashrif buyurib so‘rov qoldirib yoki quyidagi telefon raqamlaridan olishingiz mumkin: +99871-202-22-22
Sotuv ofisi dam olish kunlarisiz 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.
Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, Tashkent City XIM.
Mo‘ljal: Xalqlar do‘stligi maydonidan Alisher Navoiy shoh ko‘chasi tomon yo‘l.
Sayt: www.seoulmun.uz
Telegram: www.t.me/dreamcityuz
Facebook: www.fb.com/dreamcity.uz
Instagram: @dreamcity.uz
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
09:00 / 17.06.2021
Tashkent City'dagi Boulevard turar joy majmuasining eksklyuziv xonadonlari sotuvi boshlandi
09:00 / 12.06.2021
Boulevard: poytaxt markazidagi so‘nggi xonadonlar
09:00 / 08.06.2021
Boulevard – bu Tashkent City’ning me'moriy obidasi
09:00 / 05.06.2021