Rossiya O‘zbekistondan 10 ming mehnat migrantini soddalashtirilgan tartibda ishga jalb qiladi
Rossiya O‘zbekistondan 10 ming mehnat migrantini soddalashtirilgan tartibda ishga jalb qiladi. Bu haqda AOKAda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma'lumot berildi.
Qayd etilishicha, 10-11 sentabr kunlari Rossiya mehnat va ijtimoiy himoya vaziri o‘rinbosari Andrey Pudov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga keldi.
Ikki davlat tegishli vazirlik va idoralar mas'ul vakillari ishtirokida fuqarolarni tashkiliy tarzda ishga joylashtirish, mehnat migrantlari sog‘lig‘ini muhofaza qilish, ichki ishlar organlari vakolatiga tegishli masalalarga bag‘ishlangan muhokamalar olib borildi. Shu paytgacha Rossiya Federatsiyasiga ishga boruvchi fuqarolar patent hujjatini olishi uchun o‘sha mamlakatda 5 xil turdagi tibbiy ko‘rikdan o‘tishi hamda barmoq izini ichki ishlar bazasiga kiritishi uchun 1 oygacha bo‘lgan muddat talab qilinar edi. Rossiyalik hamkorlar bilan qator uchrashuv va muzokaralar natijasida shu kabi ishlar endilikda O‘zbekistonda amalga oshirilib, ishchilar tayyor holatda Rossiya mehnat bozoriga kirib boradigan bo‘ldi.
Rossiya Federatsiyasi mehnat migratsiyasi bo‘yicha delegatsiyasining mamlakatga tashrifi yakunlari bo‘yicha quyidagilarga erishildi:
qurilish sohasida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Rossiya Federatsiyasiga jalb qilish bo‘yicha pilot loyiha doirasida 10 ming mehnat migranti yaqin vaqt davomida soddalashtirilgan tartib asosida O‘zbekistondan Rossiyaga ishga jalb qilinadi. Nomzodlarni ishga jalb qilish bilan bog‘liq, jumladan, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, emlash, rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi bo‘yicha imtihon topshirish, patent rasmiylashtirish va transport xarajatlari ish beruvchilar tomonidan qoplanishi ko‘zda tutilmoqda;
Rossiya Federatsiyasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan fuqarolarni emlash va koronavirusga qarshi test topshirish jarayonlarini ikki davlat mutaxassislari tomonidan Rossiya tomoni tibbiy uskunalari yordamida birgalikda O‘zbekistonda amalga oshirish hamda ularning natijasi bo‘yicha tibbiy ma'lumotlarni “COVID-19siz sayohat” ilovasi tizimiga integratsiya qilish belgilandi;
Rossiya Federatsiyasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun patent olishda talab etiladigan daktiloskopik ro‘yxatga olish va rasmga olish jarayonlarini ikki davlat Ichki ishlar vazirliklari tomonidan Rossiya tomoni uskunalari yordamida O‘zbekistonda amalga oshirishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
21:00 / 07.10.2024
Ramzon Qodirov migratsiya siyosatida «o‘rta asr yondashuvlaridan» voz kechishga chaqirdi
20:07 / 07.10.2024
Rossiyada sakkiz nafar general lavozimdan olindi - OAV
20:51 / 04.10.2024
Rossiya «Tolibon»ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha ishlarni yakunlamoqda - FXX rahbari
18:42 / 04.10.2024