01:49 / 22.05.2020
7439

AQShda ishsizlar soni 40 mlnga yaqinlashdi

AQShda o‘tgan hafta davomida yana 2,4 mln kishi ishsizlik nafaqasi olish bo‘yicha murojaat qildi. Umumiy hisobda mamlakatda koronavirus epidemiyasi sababli ishsiz qolganlar soni 39 mln kishidan oshdi. 

Foto: AP /Nam Y. Huh

Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar berdi. Yana 2,2 mln kishi o‘zini o‘zi band qilganlar, pudratchilar va ishchilar uchun mo‘ljallangan yangi federal dastur bo‘yicha yordam so‘ragan. Ular birinchi marta ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega bo‘ldilar.

Avvalroq AQShda yarim asr ichida rekord darajada ishsizlik kuzatilayotgani ma'lum qilingandi. 

Mavzuga oid
Top