16:00 / 08.01.2021
2402

Murakkab vaziyatlarda oddiy yechim: biznesning kiberxavfsizligini ta'minlaymiz

Foto: uplinxas.com

Mamlakatimizdagi ko‘plab tashkilot IT mutaxassislari har kuni kiber josuslik, kiber tajovuzkorlar tufayli ma'lumotlarning sizdirilishi, sodiq bo‘lmagan xodimlardan tortib, telefon liniyalari, elektron pochta va masofadan ishlovchi xodimlardan himoya qilish kabi son-sanoqsiz muammolarni hal qilishlariga to‘g‘ri keladi. Mazkur vazifalar kompleks yondashuv hamda turli samarali instrumentlardan foydalanishni talab etadi.

Softline kompaniyasining tajribasi va ekpertizasi shuni ko‘rsatmoqdaki, IT bo‘limlari uchun biznes tomonidan qo‘yilayotgan talablarning dinamik ravishda o‘zgarishi, shuningdek, ularni loyihalashtirish va ma'muriyatdagi murakkablik va noaniqliklar natijasi IT infratuzilmasidagi asosiy bo‘shliqlarni yuzaga keltiryapti, degan xulosaga kelishiga sabab bo‘lmoqda.

So‘nggi yillar davomida kompaniyalar IT infratuzilmasi aniq chegaralarga ega bo‘lib, hamkorlar, mijozlar va tajovuzkorlar uning tashqarisida edi. Bugun esa biznes modeli va xatti-harakatlarning tezkor o‘zgarishi, buyurtmachilar va hamkorlar bilan o‘zaro hamkorlikning rivojlanishi va kuchayishi, kichik korxonalarning kengayishi, shuningdek, mobil qurilmalardan faol tarzda foydalanilayotganini kuzatishimiz mumkin.

Kiberxavfsizlik bo‘yicha samarali choralarni joriy etish ayniqsa muhim va zarur. Chunki qurilmalar odamlarga qaraganda ko‘proq. Hakerlar esa hujumlarning tobora murakkab usullaridan foydalanmoqda.

Kiberxavfsizlik mohiyati nimadan iborat?

Biznes kiberxavfsizligi masalasiga mutaxassis sifatida yondashuv kompyuter, tarmoq, dastur va ma'lumotlar uchun bir necha darajadan iborat himoyani o‘z ichiga oladi. Har qanday kompaniya oldida birinchi darajali vazifa sifatida nafaqat odamlar o‘rtasida to‘g‘ri hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, balki tashqaridan bo‘ladigan hujumlardan maksimal himoyalanish uchun jarayon va texnologiyalar o‘rtasida to‘g‘ri aloqa o‘rnatish vazifasi ham turadi.

Yuqori texnologiyalar sohasida ixtisoslashgan, dunyodagi yetakchi Cisco va IT yechimlari va servislarini global miqyosda yetkazib beruvchi Softline Uzbekistan kompaniyasi biznesingizning IT xavfsizligiga ta'sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar bilan o‘rtoqlashishni istaydi.

Odamlar

Kompaniya xodimlari ishonchli parollarni tanlash, elektron pochtadagi kengaytmalar bilan ishlashda ehtiyot bo‘lish va ma'lumotlarni zaxiralash kabi axborotlarni himoya qilishning asosiy tamoyillarini yaxshi tushunishlari va ularga amal qilishlari lozim. Axir ma'lumotlarni saqlashda aynan inson omili muhim rol o‘ynaydi.

Texnologiyalar

Yirik va mayda tashkilotlarni kiber hujumlardan himoya qilishda kiberxavfsizlik vositalarini yaratish asoslarini texnologiyalar tashkil etadi. Uchta asosiy guruh obektlarini himoya qilish kerak: kompyuterlar kabi qurilmalar, intellektual qurilmalar va marshrutizatorlar, tarmoqlar va bulut. Yangi avlod tarmoqlararo ekranlari, DNS filtratsiyasi, zararli dasturiy ta'minotdan himoya qilish, antivirusli dasturiy ta'minot va elektron pochtani himoya qilish uchun yechimlar mazkur obektlarni himoya qilish uchun keng tarqalgan texnologik yechimlar sanaladi.

Jarayonlar

Biznesi rivojlanishidan manfaatdor bo‘lgan har bir tadbirkor zamonaviy tarmoqli dunyoda kiberxavfsizlik borasidagi ilg‘or dasturlardan foydalanadi. U kiber xujumlar shaxsni o‘g‘irlashdan tortib, ishga oid maxfiy hujjatlar yoki yirik miqdordagi pulni o‘g‘irlash kabi turli yoqimsiz oqibatlarga olib kelishi mumkinligini aniq biladi.

Yaxshi yangilik shundan iboratki, Cisco o‘z mijozlariga kompaniya himoyasini ta'minlash, aynan tarmoq xavfsizligi uchun har tomonlama yordamni taklif etadi:

-Cisco web security;

-Cisco firepower;

-Cisco e-mail security.

Ular haqida saytimiz orqali batafsil ma'lumot olishingiz mumkin:

promo.softline.uz

Softline kompaniyasi esa:

-loyihalashtirish;

-joriy etish;

-loyihaning har bir bosqichida qo‘llab-quvvatlashda yordam beradi.

Softline kompaniyasi O‘zbekistonda axborot texnologiyalari sohasida 2004 yildan beri faoliyat yuritadi va IT yechimlar hamda xizmatlarni yetkazib berish sohasida yetakchi o‘rinlarni egallab kelyapti. Dasturiy ta'minotni litsenziyalash, IT infratuzilmasini samarali qurish uchun apparat bilan ta'minlash va xizmatlar hamda axborot xavfsizligi bo‘yicha IT yechimlarning to‘liq texnologiyasini taqdim etadi.

Mazkur sayt orqali batafsil ma'lumot olish mumkin:

www.softline.uz

Aloqa uchun: +99890 316 00 39; info@softline.uz

So‘zimiz yakunida shuni e'lon qilmoqchimizki, 14 yanvar kuni soat 11:00da Cisco, MUK va Softline kompaniyalari hamkorligida tashkil etilgan Cisco yechimlari asosida biznesning kompleks xavfsizligi mavzusiga bag‘ishlangan onlayn tadbir bo‘lib o‘tadi. Tadbir haqida quyidagi havola orqali batafsil ma'lumot olish va ro‘yxatdan o‘tish mumkin:

Ro‘yxatdan o‘tish uchun bu yerni bosing

Reklama huquqi asosida

Top