10:38 / 10.05.2019
14050

Leningrad oblastida o‘zbekistonlik ikki migrant jiddiy jarohat oldi

Foto: Aleksey Ivanov

Rossiyaning Leningrad oblasti Vsevolojskiy tumani, Romanovka qishlog‘i yaqinidagi o‘rmonda kaboblarni tayyorlash jarayoni ikki nafar migrant uchun shifoxona va kuyish jarohati bilan tugadi.

Region online ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonning 22 va 24 yoshli ikki fuqarosi 8 may, chorshanba kuni, soat 4:40larda I.I.Janelidze nomidagi Tez tibbiy yordam ilmiy-tadqiqot institutiga olib ketilgan. Nisbatan yoshroq bemorning boshi, qo‘llari va oyoqlari kuygan. Uning olgan kuyish jarohati tana yuzasining 15 foizini tashkil qiladi. Yoshi kattaroq migrantda jiddiy kuyish jarohati bor - tanasining 30 foizi.

Ushbu ikki fuqaro so‘zlariga ko‘ra, erta tongda kabob tayyorlash maqsadida o‘rmonga borishgan. Biroq, ular yoqilg‘i suyuqligini tasodifan to‘kib yuborishgan, shundan so‘ng ustki kiyimlari yonib ketgan.

Mavzuga oid
Top