09:00 / 01.02.2020
0
14491

«Jomboy don mahsulotlari» AJ 1,4 million dollarlik yangi tegirmon kompleksini ishga tushirdi

Samarqand viloyatidagi mashhur «Jomboy don mahsulotlari» aksionerlik jamiyati (Jomboy un kombinati) yangi tegirmon kompleksini ishga tushirdi. Turkiyaning «Erkan Makina» kompaniyasi ishlab chiqaruvchi yangi energiya tejamkor tegirmon 1,4 million AQSh dollari evaziga olib kelib o‘rnatilgan.

Energiya tejamkor bu tegirmon atmosferaga oddiy tegirmonlardan 0,6 foiz kamroq chang chiqaradi. Tegirmon soatiga 20 tonna bug‘doyni qayta ishlay oladi. O‘rnatilgan 20 dona stanoklar kuniga 300 tonna donni qayta ishlash quvvatiga ega. Turkiyadan keltirilgan yangi tegirmonning asosiy xususiyati esa unda yuqori sifatli un ishlab chiqarish mumkin.

Jomboydagi kombinatning 1993 yil o‘rnatilgan oldingi tegirmoni 1 tonna bug‘doyni qayta ishlash uchun 115 kVt energiya sarflagan bo‘lsa, yangi uskuni bu uchun 75 kVt elekt energiyasi sarflaydi.

29 yanvar kuni «Jomboy don mahsulotlari» AJda yangi tegirmonni rasman ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ham qatnashdi. Ochilish marosimida «Jomboy don mahsulotlari» AJ Jomboy tumanida yashovchi 15 nafar kam ta'minlangan oila farzandlarining sunnat to‘ylarini o‘tkazib berdi.

Shu o‘rinda «Jomboy don» haqida ikki og‘iz. Korxonaning qurilish ishlari 1968 yilda boshlangan. 1974 yilda faoliyatini boshlagan bo‘lib fermerlardan yillik don qabul qilish elevatori 100 ming tonnaga teng.

1992 yilda korxona Shveytsariyaning «Byullers» kompaniyasi texnologiyalari bilan jihozlangach, 1993 yildan raqobatbardosh un mahsulotlari ishlab chiqara boshlagan va korxonaning texnik uskunalari jismonan zo‘riqqan bo‘lib yangilanishga muhtoj edi. Endilikda yanada sifatli un ishlab chiqarishni boshlagan «Jomboy don mahsulotlari» AJda ishlar to‘liq avtomatik tarzda boshqariladi. «Jomboy don mahsulotlari» AJ bilan hamkorlik qilishni istaysizmi? Unda quyidagi ma'lumotlar siz uchun.

Manzil: Samarqand viloyati, Jomboy tumani «Buyuk ipak yo‘li» ko‘chasi 1-uy.

Telefon: 0 366 4757171

Sayt: Jomboydon.uz

Reklama huquqi asosida

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top