Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Propiska uchun taqdim qilinadigan hujjatlar ro‘yxatidan uy-joy hujjatlari chiqarib tashlandi

Foto: Kun.uz
Hukumat qarori bilan O‘zbekiston fuqarolarini doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Fuqarolarni doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish, bekor qilish va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish xizmatlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari, davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona ijtimoiy davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.
Ro‘yxatga olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar ro‘yxatidan uy-joy hujjatlari chiqarib tashlandi. Doimiy ro‘yxatga olish rasmiylashtirilganda QR-CODE bilan himoyalangan qayd varag‘i beriladi.
Fuqaroning doimiy ro‘yxatga olinishini bekor qilish asoslari belgilandi:
- bir manzildan boshqa manzilga ro‘yxatga olinganda;
- mulkdor arizasiga ko‘ra;
- mulkdor o‘zgarganda;
- sudning fuqaroni uy-joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan, shaxsni bedarak yo‘qolgan deb topish va ko‘chirish haqidagi qarori asosida;
- fuqaro xorijga doimiy yashashga ketganida;
- soxta hujjatlar asosida ro‘yxatga olinganlik aniqlanganda;
- umrbod ozodlikdan mahrum etilganda;
- vafot etganda.
Nizom Toshkent shahri va Toshkent viloyati uchun tatbiq etilmaydi.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy
Jahon | 23:10 / 19.07.2025
-
Xitoy Tibetda dunyodagi eng yirik GES qurishni boshladi
Jahon | 22:48 / 19.07.2025
-
Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati bo‘yicha Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda
Jahon | 22:12 / 19.07.2025
-
Klasterlarning fermerlar oldida juda katta qarzdorligi bor - Qudbiyev
Iqtisodiyot | 21:56 / 19.07.2025
Mavzuga oid

13:49 / 19.07.2025
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozori o‘sishni davom ettirmoqda

20:19 / 15.07.2025
Toshkentda ko‘p qavatli uy qurish bilan shug‘ullangan MChJ fuqarolarni chuv tushirdi

10:00 / 13.07.2025
Toshkent propiskasining ochilishi, avtoterroristlarga chora va poraxo‘rlik “xit-paradi” - hafta dayjesti

21:33 / 12.07.2025