O‘zbekiston | 20:00 / 28.11.2020
7540
8 daqiqa o‘qiladi

O‘RVI profilaktikasida ma'danli suvlarning qanday foydasi bor?

Rossiyalik mutaxassislar fikriga ko‘ra, ishqorli ma'danli suvlar o‘tkir respirator kasalliklar profilaktikasida samarali ko‘makchi vositalar sifatida xizmat qilar ekan.

Yilning sovuq paytida yaxshi kayfiyat va ishchanlik xususiyatini saqlab turish uchun ekspertlar vaqtida va yetarlicha uxlash, toza havoda muntazam sayr qilish, badantarbiya bilan shug‘ullanish hamda ovqatlanish tartibiga rioya qilishni tavsiya qiladilar. Balansga muvofiq ratsion albatta mavsumiy meva-sabzavotlarni o‘z ichiga oladi va ular tarkibiga oqsillar, boy kletchatka, murakkab uglevodlar va yarim to‘yingan yog‘lar kiradi. Bu ro‘yxatga «Yessentuki № 4» yoki «Yessentuki № 17» suvidan bir butilka qo‘shing va organizmingiz sizdan minnatdor bo‘ladi.

«Yessentuki № 4» va «Yessentuki № 17» ma'danli suvlari immun tizimini faollashtiradi, organizmga atrof-muhitning salbiy ta'sirini kamaytiradi, suv-tuz balansini saqlab turishga xizmat qiladi va o‘ziga xos «kuz sindromi» fonida, yuqori yuklama paytida ko‘mak beradi. Shuningdek O‘RVIni kompleks davolashda va tumovga chalinganingizda o‘ziga xos yordamchi bo‘ladi.

"Taqdim etilgan ma'danli suvdan foydalanish o‘tkir nafas yo‘llari kasalliklariga qarshi (ingalyatsiyalar, burun, tomoqni yuvish, milklar va yuzni oziqlantirishda) qo‘llasa ham bo‘ladi. "Yessentuki № 4" va "Yessentuki № 17" immunitet tizimini faollashtiradigan qo‘shimcha vosita sifatida ishlatilishi mumkin", - deyiladi Pyatigorsk balneologiya ilmiy-tadqiqot institutining mineral suvlar haqidagi xulosalarida.

Bundan tashqari, Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi mineral suvni COVID-19'ning yengil shakllaridan keyin reabilitatsiya qilish uchun ham tavsiya qiladi.

"Yengil yoki koronavirusga chalingani holda simptomsiz sog‘aygan bemorlar o‘zlarining sog‘liklarini ayrim ko‘rsatkichlarni tahlil qilish orqali kuzatishlari kerak. Me'yordan chetga chiqish holatida har kuni nafas olish mashqlarini bajaring va vaqti-vaqti bilan ma'danli suv bilan ingalyatsiyalar qiling", – deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligining tibbiy reabilitatsiya bo‘yicha bosh mutaxassisi Galina Ivanova tavsiyalarida.

"Yessentuki №4" va "Yessentuki № 17" suvlarini davolash, tiklanish va profilaktika uchun ishlatishning bir necha usullari mavjud.

№ 1 uslub. Ichish. Shamollash ko‘pincha isitma va suyuqlikning faol yo‘qolishi bilan birga keladi. Vujudga kirgan infeksiyani va unga bog‘liq bo‘lgan isitmani yengishga yordam berish uchun ko‘proq suyuqlik ichish tavsiya etiladi.

"Yessentuki № 4" va "Yessentuki № 17" kabi gidroksidli mineral suvlar nafaqat suvsizlanishning oldini olishga, balki zarur mikroelementlar zaxirasini to‘ldirishga ham yordam beradi. Bundan tashqari, maxsus pH darajasi tufayli bunday suv mukolitik ta'sirga ega, ya'ni balg‘amning o‘pkadan chiqarilishini osonlashtiradi. Standart tavsiya ovqatdan yarim soat oldin bir stakan ichishdir.

№ 2 uslub. Ingalyatsiya. "Yessentuki № 4" va "Yessentuki № 17" mineral suvlari tarkibidagi foydali moddalarning nafas olish tizimiga chuqur va tez kirib borishi yallig‘lanish jarayonlari bilan samarali kurashishga imkon beradi. Sobiq ittifoq davridan beri "Yessentuki № 4" an'anaviy ravishda nafas olish terapiyasi uchun ishlatilgan. Muolajani kasallik simptomlari yo‘qolgunga qadar kuniga bir necha marta takrorlab, taxminan 10 daqiqa davomida nafas olish kerak.

"Ma'danli suv bilan nafas olish burun, halqum va faringeal qoplamni namlaydi, shilliq suyuqligini kuchaytiradi, shuningdek nafas olish tizimining chuqur qismlarida qon aylanishini yaxshilaydi va balg‘amning tezroq ajralishiga yordam beradi", deb tushuntiradi “Kislovodsk balneologik (balchiq) klinikasi”ning pulmonologi Olga Kostenko.

Unutmang! Agar siz shishadan gazlangan mineral suvdan foydalansangiz, avval uni ozroq tin olishiga yo‘l qo‘yishingiz kerak. Buning uchun siz suvni aralashtirishingiz yoki ozgina isitishingiz mumkin.

№ 3 uslub. Tomoqni chayish. Bunda ma'danli suvni 40° S ga qadar isitish tavsiya etiladi. Muolaja kuniga 4-6 marta amalga oshiriladi. "Yessentuki № 4" va "Yessentuki № 17" suv bilan davolash 2 haftagacha davom etishi kerak. Bu usul nafaqat kattalar, balki bolalar uchun ham davolash, ham profilaktika uchun mos keladi.

Har bir usul davolash va profilaktikada mustaqil chora sifatida juda yaxshi ishlaydi, ammo ular birgalikda ishlatilganda eng yaxshi natijalarni beradi.

Surunkali kasalliklarning o‘tkir davrida muolajadan oldin mutaxassisga murojaat qilish kerakligini unutmang.

«Yessentuki» ma'danli suvi haqida

"Yessentuki № 4" - o‘rtacha ma'danlashgan yengil sho‘r ta'mga ega dorivor suvdir.

 "Yessentuki № 17" suvi esa boy sho‘r ta'mli va yuqori darajadagi ma'danlashgan. U kuchli profilaktik va terapevtik ta'sirga ega.

2020 yilda afsonaviy Yessentuki ma'danli suvi o‘zgartirilgan shisha idishda ishlab chiqarila boshlandi va yangilangan, zamonaviy, yorqin dizaynga ega bo‘ldi. Yangicha qadoqlash taniqli xususiyatlarini saqlab qoldi: yashil, oq va bronza ranglarning an'anaviy uyg‘unlashuvi hamda o‘ziga xos ramzi - osmonga ko‘tarilgan burgutli tog‘. Faqatgina o‘sha "Yessentuki" idishlarda tog‘lar va osmonga ko‘tarilgan burgut tasviri tushirilgan logotip, "Yessentuki № 4" yoki "Yessentuki № 17" yozuvi va "Yessentuki hududi" yozuvi mavjud.

"Yessentuki" ma'danli suvi faqat "Holding Akva" kompaniyalari guruhi tomonidan va faqat Yessentuki konida GOSTda ko‘rsatilgan quduqlardan hamda mahsulotning ishlab chiqarilish joyi nomiga asosan ishlab chiqariladi. Ushbu kon xuddi shu nomdagi shaharcha yaqinida, Kavkaz mineral suvlari ekologik-kurort mintaqasi hududida, dengiz sathidan 640 m balandlikda joylashgan. 2021 yilda afsonaviy Yessentuki suvini qadoqlash boshlangani ga 150 yil to‘ladi.

O‘zbekistondagi distributor

B&S Partnership kompaniyasi - «Yessentuki № 4», «Yessentuki № 17» va «Narzan» ma'dandi suvlarining O‘zbekiston respublikasi hududidagi rasmiy  distributori hisoblanadi.

Asl mahsulotni soxtasidan qanday ajratish mumkin?

2020 yilda afsonaviy Yessentuki ma'danli suvi o‘zgartirilgan shisha idishda ishlab chiqarila boshlandi va yangilangan, zamonaviy, yorqin dizaynga ega bo‘ldi. Yangicha qadoqlash taniqli xususiyatlarini saqlab qoldi: yashil, oq va bronza ranglarning an'anaviy uyg‘unlashuvi hamda o‘ziga xos ramzi - osmonga ko‘tarilgan burgutli tog‘. Faqatgina o‘sha "Yessentuki" idishlarda tog‘lar va osmonga ko‘tarilgan burgut tasviri tushirilgan logotip, "Yessentuki № 4" yoki "Yessentuki № 17" yozuvi va "Yessentuki hududi" yozuvi mavjud.

Reklama huquqi asosida