19:06 / 03.12.2020
6538

SSV: endi koronavirusga chalingan yoki gumon qilingan homiladorlar ham Zangiotada davolanadi

Zangiota tumanidagi 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi tarkibida koronavirusga chalingan yoki unga gumon qilingan shoshilinch terapevtik yordamga muhtoj bemorlar hamda homiladorlar uchun bo‘lim ochiladi.

Zangiota tumanidagi 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi tarkibida koronavirusga chalingan yoki unga gumon qilingan shoshilinch terapevtik yordamga muhtoj bemorlar hamda homiladorlar uchun bo‘lim ochiladi. Sog‘liqni saqlash vaziri O‘zbekistonda epidemik vaziyat barqarorlashayotgani munosabati bilan aholiga ko‘rsatiladigan shoshilinch va ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan buyrug‘ini imzolagan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, shuningdek, Zangiota tumanidagi 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi tarkibida koronavirusga chalingan yoki unga gumon qilingan shoshilinch xirurgik yordamga muhtoj bemorlar uchun bo‘lim faoliyatini boshlashi ham belgilangan.

Bundan avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi, Toshkent shahar perinatal markazi va Toshkent shahar 3-son yuqumli kasalliklar shifoxonalarini o‘z yo‘nalishi bo‘yicha dastlabki tartibda faoliyatini davom ettirishi belgilab berilgani xabar qilingandi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top