OAV: Si Jinping Hindistondagi G20 sammitiga bormaydi
Sammitda Putin ham ishtirok etmaydi.
XXR raisi Si Jinping sentabr oyi boshida Hindistonda bo‘lib o‘tadigan «Katta yigirmatalik» (G20) sammitida ishtirok etmaydi. Bu haqda Reuters Xitoy va Hindistondagi sammitga tayyorgarlik jarayoni borishidan xabardor bo‘lgan manbalariga tayanib xabar bergan.
Agentlik suhbatdoshlariga ko‘ra, Si Jinpingning o‘rniga Xitoy delegatsiyasiga bosh vazir Li Syan rahbarlik qiladi.
Si Jinping sammitga kelmasligi sabablari hozircha noma’lum.
Avvalroq Kreml matbuot xizmati RF prezidenti Vladimir Putin ham Hindistondagi G20 sammitiga bormasligini ma’lum qilgandi. Rossiya delegatsiyasiga RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov rahbarlik qiladi.
Putin oktyabr oyida «Bir makon, bir yo‘l» forumida ishtirok etish uchun Xitoyga tashrif buyurishi mumkin. Agar bu safar amalga oshsa, bu Putinning Xalqaro jinoyat sudi uni hibsga olishga order berganidan keyingi ilk xorijiy safari bo‘ladi.
Avgust oyida Si Jinping JARdagi BRICS sammitida qatnashgandi. Putin esa sammitda videoaloqa orqali ishtirok etdi. JAR hukumati agar Putin mamlakatga kelsa, u hibsga olinishi mumkinligidan ogohlantirgandi.
Mavzuga oid
13:30 / 23.01.2025
Hindistonda o‘smir telefondagi o‘yin sabab poyezd ostida qoldi
09:34 / 22.01.2025
Tramp inauguratsiyasidan keyin Putin va Si o‘zaro hamkorlikni tasdiqladi
20:04 / 18.01.2025
Hindiston sohillaridan 500 dan ortiq o‘lik toshbaqalar topildi
15:05 / 18.01.2025