00:22 / 15.01.2021
48934

Yunusobod tumaniga hokim tayinlandi

Toshkent shahrining Yunusobod tumaniga yangi hokim tayinlandi. Kun.uz manbasining ma'lum qilishicha, shu vaqtgacha Toshkent shahri Bektemir tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan Jahongir Ibrohimov Yunusobod tumaniga hokim etib tayinlangan.

Oldinroq 2018 yildan buyon Yunusobod tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan Rahmonbek Usmonov transport vaziri o‘rinbosari bo‘lgani munosabati bilan Yunusobod hokimligidan ketgandi. 14 yanvar kuni Yunusobod tumani hokimligida poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ishtirokida o‘tkazilgan sessiyada Jahongir Ibrohimov tumanning yangi hokimi sifatida tanishtirilgan.

Jahongir Ibrohimov 1982 yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 2006 yil Toshkent arxitektura va qurilish institutini tamomlagan. 2017 yildan 2020 yilning avgustigacha Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2020 yil 25 avgustdan hozirgacha Bektemir tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgandi. Bektemir tumaniga kim hokim bo‘lishi hozircha aniq emas.

Top