20:45 / 28.03.2019
5093

Samarqand viloyatidagi paxta-tekstil klasteri loyihasida Koreya kompaniyasi ishtirok etadi

Foto: uzs.uz

Samarqand viloyatidagi paxta-tekstil klasteri loyihasida Koreya Respublikasi kompaniyasi ishtirok etadi, deya xabar beradi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi matbuot xizmati. 

Mazkur loyiha Koreyaning «SamCo.ltd.» kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv davomida muhokama qilingan. 

Muzokaralar yakunlariga ko‘ra, tomonlar Samarqand viloyatida paxta-tekstil klasterini yaratishga doir kelishuvni imzolashdi. 

2019 yilda Samarqand viloyatida 13 paxta klasteri faoliyat yuritadi. 

O‘tgan yili O‘zbekistonning 20 tumanida 164 ming gektar maydonda paxtani klaster usulida tayyorlov yo‘lga qo‘yildi. Joriy yilda paxtani 61 klasterda tayyorlash rejalashtirilmoqda, bu klasterlar barcha paxta dalalarining 51 foizini qamrab olgan. 

Top