09:00 / 14.01.2019
36582

Katta Farg‘ona kanalida ikki kishi mashina bilan birga cho‘kib ketdi

Foto: KUN.UZ

2019 yil 12 yanvar kuni Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida yashagan Yu.X. boshqaruvidagi “Tiko” rusumli avtomashinani Uchko‘prik tumani Begobod qishlog‘i hududidan oqib o‘tuvchi “Katta Farg‘ona” kanali bo‘yida haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay shu kanalga tushib ketgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada Yu.X. va uning yo‘lovchisi, birga yashagan turmush o‘rtog‘i M.E. avtomashina ichida qolib, cho‘kib vafot etganlar. 

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Top