11:20 / 13.02.2020
0
12537

O‘zbekistonda oltin va kumush yombilar sotiladigan maxsus uskunalar o‘rnatiladi

1, 3 va 5 grammli oltin va kumush yombilarni vending uskunalari orqali sotuvga chiqarish mo‘ljallanmoqda

Foto: REUTERS/Lisi Niesner

Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida turizm xizmatlarini yanada diversifikatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Markaziy bank:

a) Moliya vazirligi bilan birga 1, 3 va 5 grammli oltin va kumush yombi ishlab chiqarish, shuningdek, ularni vending uskunalari orqali sotuvga chiqarish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi;

b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birga quyidagi bosqichlarda o‘ntadan kam bo‘lmagan vending uskunalarini o‘rnatilishini ta'minlaydi:

2020 yil 1 iyuliga qadar – Buxoro, Samarqand, Xorazm, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrining turizm namoyish obektlari, shu jumladan joylashtirish vositalari va turizm axborot markazlarida;

2021 yil 1 yanvariga qadar – respublikaning boshqa hududlarida.

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining takliflariga asosan:

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tasarrufiga o‘tgan, rekonstruksiya va kapital ta'mir qilinuvchi professional kollejlar;

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan har yili 1 iyulga qadar shakllantiriluvchi va taqdim etiluvchi turizm namoyish obektlariga olib boriluvchi yo‘llar;

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida moliyalashtirilishi ko‘zda tutilgan qishloq aholi punktlari ro‘yxatlari 2021 yilga mo‘ljallangan Davlat investitsiya dasturiga kiritilishini ta'minlaydi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top