O‘zbekiston | 17:00 / 30.11.2023
14460
6 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Issiqlik kuchi: "Ultra Tech" yaqinlashib kelayotgan sovuqlarni yengib o‘tishda O‘zbekistonga qanday yordam beradi?

2023 yilgi noodatiy qish fasli o‘zidan so‘ng nafaqat "sovuq" xotiralarni qoldirdi, balki kompaniya rahbarlariga ko‘plab muammolar va ortiqcha xarajatlarni keltirib chiqardi. "Ultra Tech" biznesingiz to‘xtab qolmasligi uchun kelayotgan qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rishni taklif qiladi.

Qishning g‘ayritabiiy sovuqlari O‘zbekistondagi deyarli barcha korxonalar ishini cheklab qo‘ydi: do‘kon va restoranlardan tortib, aeroport va zavodlargacha.

O‘tgan yilning o‘zida korxona tomonidan 10 km dan ortiq muzlagan quvurlar qayta ishga tushirilib, 12.000 kv.m. dan ortiq yo‘llar isitildi va muzdan tozalandi.

"Ultra Tech" Norvegiyaning "Nexans" kompaniyasi uskunalari va Daniyaning "OJ" kompaniyasi rasmiy distribyutori sifatida ularning noyob yechimlari asosida quvurlar, tomlar, rampalar va yo‘laklarni, shuningdek, pollarni isitish uchun ilg‘or texnologiyalardan foydalanishga ixtisoslashgan. Bu borada kompaniya 6 yillik tajribaga ega.

Shuningdek, "Ultra Tech" o‘z loyihalarini amalga oshirishda Bartec (Germaniya), Eltherm (Germaniya), Chromalox (Fransiya) kabi yetakchi Yevropa ishlab chiqaruvchilarining kabel va uskunalaridan foydalanadi.

 "Ultra Tech" tizimli samaradorligi

 "Ultra Tech" faoliyati texnik yechimlarni ishlab chiqishdan tortib jihozlarni o‘rnatish va dasturlashgacha bo‘lgan xizmatlarning to‘liq spektrini qamrab oladi. Ishni to‘liq bajarish uchun sarflanadigan vaqt, ish ko‘lamidan kelib chiqqan holda, 5 kundan boshlanadi va kabel mahsulotlarini yetkazish hamda oldindan maslahat berish uchun mutaxassis tashrifini o‘z ichiga oladi.

Korxona Toshkent shahrida o‘zining yirik omboriga ega bo‘lib, barcha turdagi isitish uchun zarur uskunalar hajmini ta’minlaydi va mijozga chet eldan mahsulotlarni yetkazib berishni oylab kutmaslik imkonini beradi.

Zinapoyalarni elektr isitish

“Biz yaqinlashib kelayotgan qishda isitish muammolari, yo‘llar, tomlar va kommunikatsiyalarning muzlashi bilan bog‘liq biznes xatarlarini bartaraf etishga qaror qilganlar uchun ishonchli va xavfsiz hamkor bo‘lishdan mamnunmiz. Biz shunchaki mahsulot sotibgina qolmay, har bir mijozimizga ularning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda kompleks va individual yondashamiz", – dedi kompaniya rahbari Aliya Gumarova.

Zinapoyalarni elektr isitish

"Ultra Tech" tizimlarining asosiy xususiyatlaridan biri ularning ishonchliligidir. Uzoq muddatli elektr ta’minoti uzilib qolgan taqdirda, "Ultra Tech" kabel qurilmalari ko‘pincha quvurlarni muzlatib qo‘yadigan va yorib yuboradigan gidronik isitish tizimidan farqli o‘laroq xavfsiz va samarali ishlashda davom etadi.

 "Ultra Tech"dan elektr isitish: u qanday va qayerda ishlatiladi?

 “Isitish kabeli, termostat va datchiklar elektr isitish tizimining asosi hisoblanadi. Biz tizimlarni quvurlar, rezervuarlar yoki pollarning belgilangan haroratini saqlab qolgan holda, mijozlar ehtiyojiga ko‘ra dasturlashtiramiz va shu orqali ishlab chiqarishning individual ehtiyojlarini inobatga olgan holda energiya sarfini kamaytiramiz”, — dedi "Ultra Tech" kompaniyasining mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha menejyeri Mirhosil Odilov.

Quvurlarni elektr isitish

Jahon amaliyotida elektr isitish tizimi korxona infratuzilmasining ajralmas bir qismi hisoblanadi. Neft va gaz, farmatsevtika, aviatsiya sanoati, kimyo zavodlari, issiqlik elektr stansiyalari o‘z quvurlari, rezervuarlari, ochiq va yopiq maydonlarini kabel isitish tizimlari bilan jihozlaydi.

Rezervuarlarni elektr isitish

"Yuqorida aytilganlarning barchasiga qo‘shimcha ravishda, bizning tizimlarimiz korxonalardagi issiqlik yo‘qotishlarini qoplash, muzlash va kondensatsiyadan himoya qilish, kerakli haroratni saqlash va mahsulotlarni talab qilinadigan darajada isitish kabi boshqa vazifalarni ham bajaradi", - deya ta’kidlaydi "Ultra Tech" kompaniyasi vakillari.

 Muvaffaqiyatli loyihalar va yechimlar

 Bugungi kunda "Nexans" texnik yechimlari asosida kompaniya 150 dan ortiq isitish loyihalarini, jumladan Compass savdo markazi, Alisher Navoiy nomidagi Katta teatr, Samarqand shahridagi O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti yodgorligi, shuningdek, G‘alaba bog‘i xiyoboni va muzeyini isitish kabi katta loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirdi.

"Ultra Tech" kompaniyasi “Samarqand” yangi aeroportiga kirish yo‘llari, Tashkent City bog‘idagi Gardens Residence va Boulevard Residence turar-joy majmualari, Mirobod Avenue, Yangi Kamolon, Tiara Residence, Tashkent City Mall savdo markazi hamda butun mamlakat bo‘ylab mehmonxona majmualarini isitishni ham o‘z zimmasiga olgan.

Kompaniya xususiy maktablar, banklar, olis hududlardagi uylar, suzish havzalari, mehmonxona majmualari, shuningdek, xususiy savdo va sanoat obektlarida yong‘in o‘chirish tizimlarini ham isitadi.

Ko‘p yillik tajribaga ega, xalqaro mutaxassislar tomonidan o‘qitilgan professional muhandislar va montajchilar jamoasi bilan "Ultra Tech" har qanday murakkablikdagi isitish loyihalarini amalga oshira olad

"Ultra Tech" kompaniyasining +99890 901-21-14 telefon raqami orqali biz bilan bog‘laning yoki info@ultratech.uz elektron manziliga so‘rov qoldiring va kabel isitish tizimi haqida to‘liq ma’lumot oling.

Tafsilotlar bilan www.ultratech.uz saytida ham tanishi mumkin.

Sovuqqa taslim bo‘lmang – professionallarga ishoning!

Reklama huquqi asosida