22:56 / 03.05.2018
4403

O‘zbekistonda Hadis musobaqalariga start beriladi

Yurtimizda Qur'on musobaqasidan so‘ng ilk bor hadisi sharif bo‘yicha bellashuv bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Bu haqida muslimaat.uz saytida xabar berildi

Foto: muslimaat.uz

4 may kuni ayol-qizlarimiz, 5 mayda esa erkaklar “Hadisi sharif bilimdoni” respublika tanlovida Payg‘ambarimiz alayhissalom so‘zlari borasida bellashishadi. Mazkur musobaqada ham ishtirokchilar yoshi cheklangan: 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolardan qatnashish uchun arizalar qabul qilingan.

Musobaqa uchta shartdan iborat bo‘lib, birinchi shart savollari Imom Al-Buxoriy va Imom At-Termiziy hayoti hamda ilmiy faoliyatiga oiddir.

Ikkinchi shartda berilgan hadisni sharhlab berish (hadisni tarjima qilish va undan olinadigan foydalarni bayon qilish) kerak.

Uchinchi shart – hadisning arab tilidagi matnini sahobiy bilan yoddan aytib berish.

Biletda tanlab olingan hadislardan beshtasining boshlanish qismi arab tilida beriladi. Ishtirokchilardan ularni davom ettirib, tarjima qilib berish talab etiladi.

Top