19:17 / 12.08.2020
9989

Koronavirusdan tuzalib chiqqanlar uchun reabilitatsiya markazlari tashkil etiladi

O‘zbekistonda jamoaviy immunitet shakllanishi nazorat ostiga olinadi. Shuningdek, koronavirusdan tuzalganlar uchun reabilitatsiya markazlari ochiladi.

«Respublika maxsus komissiyasiga har bir faoliyat turi bo‘yicha qanday sanitariya talablariga amal qilish zarurligini aniq belgilash vazifasi qo‘yildi. Epidemiologik vaziyat yaxshi bo‘lgan davlatlardan kelgan shaxslarni karantiniga olish va undan chiqarish tartibini yengillashtirish, pnevmoniyadan tuzalgan aholini reabilitatsiya qilish markazlarini tashkil etish bo‘yicha topshiriq berildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga kollektiv immunitet shakllanish jarayonini monitoring qilib borish uchun antitanachalar tahlilini o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish kerakligi ta'kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda karantin 15 avgustdan bosqichma-bosqich yumshatib boriladi. Xususan, shaxsiy va jamoat transporti harakati, qator faoliyat turlari, bozor va madaniy-ma'rifiy muassasalar ishi bosqichma-bosqich qayta tiklanadi. Avtotransport vositalarining kun davomida yurishi, mahalliy avia va temir yo‘l qatnovi uchun ruxsat beriladi, belgilangan talablarga amal qilgan holda uyda 30 kishilik oilaviy marosimlar o‘tkazish mumkin bo‘ladi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top