14:07 / 22.08.2022
15078

Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlarga: “Men sizlarning birinchi advokatlaringman”

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22 avgust kuni tadbirkorlar bilan muloqoti oldidan ishbilarmon doira vakillaridan bir guruhiga davlat mukofotlarini topshirdi.

Tadbirda davlat rahbari qisqa nutq so‘zladi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri. 

“Sizlar bilan Mustaqilligimiz bayrami arafasida uchrashib turganimdan mamnunman. Mahalla raislari, hokim yordamchilarini ko‘ryapman. Tadbirkorlar bilan muntazam ko‘rishayotganimiz, ularga mukofotlar berishimizda ma’no bor – Sizlar xalqimizga, yoshlarimizga ko‘mak beryapsizlar, ish o‘rinlari yaratyapsizlar.

Bu uchrashuvimiz tarixiy bir uchrashuv bo‘lishiga men ishonaman. Chunki bu tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yana bir signal bo‘ladi. Kimgadir yoqsa-yoqmasa bir gapni aytmoqchiman – men sizlarning, tadbirkorlarning birinchi advokatlaringizman.

Baribir tadbirkorning aytgani bo‘ladi. Ularga to‘sqinlik qilgan rahbarlar o‘z ishida qolmaydi. Oxirgi uchrashuvimizdan keyin 70 dan ortiq qaror va farmonlar qabul qildik. Bugun ham jiddiy savollar yig‘ilganidan boxabarman va men muhokamaga tayyorman”, – dedi prezident.

Birozdan so‘ng davlat rahbarining tadbirkorlar bilan an’anaviy ochiq muloqoti boshlanadi.

Mavzuga oid
Top