00:02 / 01.08.2018
24684

Ijtimoiy tarmoqda Vetnamdagi ulkan kaftlar ko‘tarib turuvchi ko‘prik suratlari paydo bo‘ldi (foto)

2018 yil bahorda Vetnamning Danang shahri yaqinidagi Ba Na Hills kurortida ulkan qo‘llar ko‘rinishidagi ustunlar ko‘tarib turuvchi ko‘prik bunyod etildi. U yoz fasli boshida ochildi va ikki oy ichida ijtimoiy tarmoqlarda bu inshootning minglab suratlari paydo bo‘ldi.

Foto: newsexaminer

Ko‘prik dengiz sathidan 1414 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, uzunligi 150 metrga yaqin. Ko‘prik dizayni TA Landscape Architecture kompaniyasi tomonidan tayyorlangan.

Ulkan qo‘llar xuddi toshdan yo‘nilganga o‘xshaydi, aslida esa ularning asosi po‘latdan tayyorlangan. Ko‘prik qurilishiga bir yilga yaqin vaqt sarflandi.

Foto: newsexaminer
Foto: newsexaminer
Foto: newsexaminer
Foto: newsexaminer
Foto: newsexaminer

 

Top