07:41 / 26.11.2019
2
64961

Obodonlashtirish xodimlarining oyligi oshadi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekistonda obodonlashtirish xodimlarini moddiy rag‘batlantirish kuchaytiriladi. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi.

Hukumatning “Obodonlashtirish xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2009 yil 1 apreldagi 91-son qarori 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinadi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tumanlar Obodonlashtirish boshqarmalari hamda departamentlar, ixtisoslashtirilgan boshqarmalar, shuningdek maxsus ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha tarmoq tarif setkasi:

Boshqarma boshlig‘i - tarif koeffitsiyenti 3,217

Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari - 3,026

Bosh muhandis - 3,026

Bosh buxgalter, reja iqtisodiyot bo‘lim boshlig‘i - 2,855

Bosh iqtisodchi, bosh agronom, bosh mexanik, landshaft bo‘yicha bosh dizayner, bosh energetik - 2,855

Bo‘lim, xizmat, otryad va uchastka boshliqlari (kadrlar bo‘limi va reja-iqtisod bo‘limidan tashqari) - 2,685

Kadrlar bo‘limi boshlig‘i - 2,354

Yetakchi mutaxassislar: muhandislar va texniklar (barcha mutaxassisliklar bo‘yicha), agronom, iqtisodchi, buxgalter, mexanik, landshaft bo‘yicha muhandis, dendrolog, ishlab chiquvchi dizayner, loyiha oldi hujjatlarni tayyorlovchi, mexanik - 2,354

Mutaxassislar: muhandislar va texniklar (barcha mutaxassisliklar bo‘yicha), agronom, iqtisodchi, buxgalter, bezatuvchi rassom, mexanik, arxitektor, yuridik maslahatchi, florodizayner, kadrlar bo‘limi inspektorlari - 2,037

 Asosiy ishlab chiqarish xodimlari

6-razryadli ishchilar: Uchastka masteri, brigadir, katta dispetcher - 1,881

5-razryadli ishchilar: elektrik, elektr gaz payvandlovchi, tokar,  nasos qurilmalari mashinisti, barcha turdagi chilangarlar (jumladan avtotransport chilangarlari), yuk va maxsus avtomobillar 1-klass haydovchilari, asfaltbetonchi, elektr uskunalarini ta'mirlash va xizmat ko‘rsatish elektromontyori, gaz payvandlovchi, sozlovchi mexanik, traktorchi, buldozerchi, Avariya brigadasi ishchisi, ishchi-bezatuvchi, avtokran mashinistlari, ekskavator va kompressor mashinisti, shinalarni hisobga olish texnigi,  YoMM operatori, avtotransport nazoratchisi, ko‘kalamzorlashtiruvchi (ko‘kalamzorlashtirish xo‘jaligi ishchisi), maysa o‘ruvchi (kichik mexanizatsiya ishchisi), irrigator, avtotransport dispetcheri - 1,73

4-razryadli ishchilar: elektrik, elektr gaz payvandlovchi, tokar, nasos qurilmalari mashinisti, traktorchi, ko‘kalamzorlashtiruvchi (ko‘kalamzorlashtirish xo‘jaligi ishchisi), irrigator. elektr uskunalarini ta'mirlash va xizmat ko‘rsatish elektromontyori, barcha turdagi chilangarlar (jumladan avtotransport chilangarlari), o‘ziyurar mexanizatsiyalashgan qurilma va transport yig‘ishtirish mashinalari mashinisti (haydovchisi), asfaltbetonchi, gaz payvandlovchi, stropalchi, sozlovchi mexanik, buldozerchi, duradgor, yuk va maxsus avtomobillar 2-klass haydovchilari, qabriston nazoratchisi, Avariya brigadasi ishchisi, obodonlashtirish ishchisi, maysa o‘ruvchi (kichik mexanizatsiya ishchisi), shlangchi-purkovchi - 1,586

3-razryadli ishchilar: elektrik, elektr uskunalarini ta'mirlash va xizmat ko‘rsatish elektromontyori, elektr gaz payvandlovchi, barcha turdagi chilangarlar (jumladan avtotransport chilangarlari), nasos qurilmasi mashinisti, tokar, traktorchi, ko‘kalamzorlashtiruvchi (ko‘kalamzorlashtirish xo‘jaligi ishchisi), irrigator (ariq va drenaj tizimini qurish va ta'mirlash ishchisi), daydi hayvonlarni tutuvchi ishchilar. gaz payvandlovchi, mirob (ariq-drenaj tizimiga suv berishni tartibga soluvchi ishchi), yuk va maxsus avtomobillar 3-klass haydovchilari, hududlarni qo‘lda yig‘ishtiruvchi farrosh, o‘ziyurar mexanizatsiyalashgan qurilma va transport yig‘ishtirish mashinalari mashinisti (haydovchisi), stropalchi, elektromotorlar motorchisi, buldozerchi, asfaltbetonchi, duradgor, bog‘bon, tashqi bezak ishchisi, parklar va bog‘lardagi hojatxonalar farroshi, Avariya brigadasi ishchisi, YoMMni quyuvchi, maysa o‘ruvchi (kichik mexanizatsiya ishchisi), agrotexnik - 1,447

2-razryadli ishchilar: elektrik, elektr uskunalarini ta'mirlash va xizmat ko‘rsatish elektromontyori, elektr gaz payvandlovchi, nasos qurilmasi mashinisti, tokar, traktorchi, ko‘kalamzorlashtiruvchi (ko‘kalamzorlashtirish xo‘jaligi ishchisi), barcha turdagi chilangarlar (jumladan avtotransport chilangarlari), asfaltbetonchi, irrigator (ariq va drenaj tizimini qurish va ta'mirlash ishchisi), mirob (ariq-drenaj tizimiga suv berishni tartibga soluvchi ishchi), gaz payvandlovchi, o‘ziyurar mexanizatsiyalashgan qurilma va transport yig‘ishtirish mashinalari mashinisti (haydovchisi), stropalchi, buldozerchi, duradgor, bog‘bon, tashqi bezak ishchisi, hududlarni qo‘lda yig‘ishtiruvchi farrosh, parklar va bog‘lardagi hojatxonalar farroshi, daydi hayvonlarni tutuvchi ishchilar, Avariya brigadasi ishchisi, Har xil ishlarni bajaruvchi ishchi - 1,316

1-razryadli ishchilar: irrigator (ariq va drenaj tizimini qurish va ta'mirlash ishchisi), hududlarni qo‘lda yig‘ishtiruvchi farrosh, avtochilangar, elektr gaz payvandlovchi, gaz payvandlovchi, ko‘kalamzorlashtiruvchi (ko‘kalamzorlashtirish xo‘jaligi ishchisi), qabriston qorovuli, daydi hayvonlarni tutuvchi ishchilar, ta'mirlovchi-chilangar, nasos qurilmasi mashinisti, xar xil ishlarni bajaruvchi ishchi - 1,196.

Texnik xodimlar

Ombor mudiri, kassir, tibbiy hamshira - 1,881

Rahbar kotibasi, ish yurituvchi, dispetcher - 1,447

Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar

Yengil avtomobil haydovchisi - 1,316

Qorovul, binolar farroshi - 1,0

Lavozimlar va kasblar (mutaxassisliklar) ro‘yxati, shuningdek ishchilarning talab qilinadigan malaka razryadlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari bilan kelishilgan holda boshqarma faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari hamda xodimlarning uzluksiz ish stajidan kelib chiqib shtat jadvalida belgilanadi;

Tarif stavkasi miqdorini (lavozim maoshini) belgilash uchun tarif koeffitsiyenti mehnatga haq to‘lashning qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdoriga ko‘paytiriladi.

Hukumatning 2009 yil 1 apreldagi 91-son qarori 2-ilovasi bilan tasdiqlangan Shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 9-bandining 8-xatboshi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi hamda Mustaqillik maydonini ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamenti, shuningdek ixtisoslashtirilgan boshqarmalar (Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasidan tashqari) xodimlariga oylik tarif stavkasining (lavozim maoshining) 30 foizi miqdorida ustama belgilanadi;

Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi, Toshkent shahri tumanlarining obodonlashtirish boshqarmalari, Nukus shahri va shaharlar – viloyat markazlari obodonlashtirish boshqarmalari, viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasida - respublika) bo‘ysunuvidagi shaharlar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalari xodimlariga - oylik tarif stavkasining (lavozim maoshining) 15 foizi miqdorida ustama belgilanadi;

obodonlashtirish boshqarmalari xodimlariga ovqatlanish uchun mehnatga haq to‘lashning qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdorining 35 foizi miqdorida kompensatsiya to‘lanadi;

faoliyati hayvonlarning jasadlarini zararsizlantirish va utilizatsiya qilish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan obodonlashtirish boshqarmalarining nazoratsiz hayvonlarni tutish bo‘limlari xodimlariga mehnatning zararli sharoitlari uchun – lavozim maoshiga 20 foiz miqdorida ustamalar belgilanadi.”

10-band quyidagi tahrirda kiritiladi:

10. Uzluksiz ish staji quyidagi holatlarda lavozimda ishlashga kirganda:

tashkilotlar tugatilgani (qayta tashkil etilgani) yoki shtat qisqargani yoxud doimiy yashash joyi o‘zgargani sababli tashkilotlardan ishdan bo‘shagan kundan boshlab uch oydan kechikmay ishga kirganda;

o‘z xohishiga ko‘ra (uzrli sabab bo‘yicha), shu jumladan eri yoki xotini boshqa yashash joyiga o‘tganda (o‘tish vaqti bir oylik muddatga kiritilmaydi) tashkilotlardan ishdan bo‘shagan kundan boshlab bir oydan kechikmay ishga kirganda”.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top