14:25 / 02.08.2022
18561

Xarkivdagi zavod o‘qqa tutilishi, Donetskdagi yong‘inlar. Urush suratlari

1 avgust kuni Odessa portidan urush boshidan buyon ilk bor ukrain doni ortilgan kema dengizga chiqdi. «Ukrpochta» bosh direktori Igor Smilyanskiy korxona rossiyaliklar tomonidan egallab olingan hududlarda faoliyatini to‘xtatishini ma’lum qildi: uning so‘zlariga ko‘ra, bu rossiyalik harbiylar hamda «LXR» va «DXR» jangchilari tomonidan xodimlarga tahdidlar ortayotgani bilan bog‘liq. Energetik inqiroz kuchayishidan xavfsiragan Buyuk Britaniya va YeI Rossiya neftini dengizda tashishni sug‘urtalashga qo‘yilgan taqiqni yengillashtirdi. Rossiya sudlari Ukraina fuqarolarini deportatsiya qilish to‘g‘risidagi qarorlarni bekor qila boshladi, chunki «bunday qarorlarni ijro etishning amalda imkoni yo‘q».

Quyida 1 avgust kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Mikolayiv

O‘t o‘chiruvchi rossiyaliklar snaryadi kelib tushgan tibbiy muassasa binosidagi yong‘inni o‘chirmoqda. 1 avgustga o‘tar kechasi RF harbiylari yo‘llagan zarbalar oqibatida shifoxonalardan birining yaradorlarni qabul qilish punkti va xususiy uylar shikastlangan.
Stanislav Kozliuk / Reuters / Scanpix / LETA

Mariupol 

Mariupollik keksa yoshli ayol vayronaga aylangan bino yonidan o‘tib bormoqda. May oyi oxirida RF mudofaa vazirligi shahar to‘liq nazorat ostiga o‘tganini e’lon qilgandi.
AFP / Scanpix / LETA

Xarkiv oblasti 

Ukraina favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat xizmati sapyorlari Merefe shishasozlik zavodi hovlisidagi o‘rani tekshirmoqda, sex rossiyaliklar tomonidan o‘qqa tutilgan. Ukrain nashrlari xabar qilishicha, Xarkivning Merefe shahridagi zavod bir necha yildan buyon ishlamayotgandi. Zarba natijasida qorovul jarohat olgan. Rossiya propaganda nashrlari zavod go‘yoki «Azov» polkining Xarkivdagi bo‘linmasi — «Kraken» uchun baza vazifasini o‘tagani haqida yozmoqda. Foto: Vyacheslav Madiyevskyy / Reuters / Scanpix / LETA
Merefedagi shishasozlik zavodi. Amerikadagi Urushlarni tadqiq qilish instituti (ISW) ma’lumotiga ko‘ra, rossiyalik harbiylar Xarkiv oblastining Izyum shahridan shimoli-g‘arb va janubi-g‘arbda harakatlanishni boshlagan, bundan maqsad oblasti g‘arbiga yirik amaliyot boshlash uchun sharoit hozirlash bo‘lishi mumkin. Foto: Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA

Donbass shimoli 

«Tez yordam» xodimi Donetsk oblasti Baxmut rayoni Opitnoye posyolkasi o‘qqa tutilishi vaqtida yaralangan ayolga tibbiy yordam ko‘rsatmoqda. Ukraina Bosh shtabiga ko‘ra, Donetsk yo‘nalishida Rossiya harbiy kuchlari Baxmut va Avdeyevkaga hujum qilish uchun kuchlarni jamlagan.
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Opitnoye posyolkasi aholisi vakillari zarbalar oqibatida yonib ketgan uylariga qarab turishibdi
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
O‘t o‘chiruvchi rossiyaliklar zarbalaridan yuzaga kelgan yong‘inni o‘chirib, dam olmoqda
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Opitnoye posyolkasida olovni o‘chirish jarayoni.
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Opitnoye posyolkasida yashovchi kishi yonib ketgan uyida.
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Odessa 

Urush boshidan buyon ilk bor 1 avgust kuni qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ortilgan kema Odessa portidan yo‘lga chiqdi. Serra-Leone bayrog‘i ostida suzayotgan «Razoni» yuk kemasi Turkiya mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra Livanga makkajo‘xori olib ketmoqda.
Vladimir Shtanko / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top