O‘zbekiston | 19:00 / 31.10.2022
10214
6 daqiqa o‘qiladi

Piramit – innovatsiyalar va zamonaviy turmush nuqtasi

Foto: Piramit

2022 yil 29 oktyabr kuni “Piramit” savdo ofisida majmua qurilishi boshlanganligining 1 yilligi munosabati bilan ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi.

 2021 yilning oktabr oyida Toshkentda qurilishi boshlangan Piramit Tower loyihasi o‘zining bir yilligini o‘zgacha nishonlashni lozim topdi. Respublikadagi barcha ommaviy axborot vositalari ishtirokida majmuaga press-tur tashkil etildi. Tadbir avvalida “Piramit” majmuasini qurishni o‘z zimmasiga olgan Koç Construction  kompaniyasi kelajak loyihasi – “Piramit Tower” va “Piramit Mall” yaratilishi haqida ma’lumot berildi.

Tadbirda ishtirokchilar e’tiboriga majmuadan joy olgan shourum namoyish etildi. Maydoni 63 kvadrat metrdan iborat bo‘lgan 2 xonali xonadon kompaniya dizaynerlar guruhi tomonidan tayyorlangan bo‘lib, aholiga maksimal qulaylik, zamonaviy rusumdagi shart-sharoitlarni taqdim etuvchi smart-xonadon hisoblanadi. Shourumda ishga tushirilgan smart tizimi komfort va innovatsiyani xush ko‘ruvchilar uchun ayni muddaodir. Xonadon neoklassika va xaytek uslublarini o‘zida mujassam etgan holda ta’mirlangan.

 “Piramit Tower” loyihasi haqida

Toshkentning Yakkasaroy tumanidagi Bobur va Muqimiy ko‘chalari kesishmasida joylashgan majmua Piramit Tower o‘zining turar joylari, ofislari va savdo markazi bilan O‘zbekistonning tashrif qog‘oziga aylanishga erishishni maqsad qilgan. Piramit bu – qulay va hashamatli hayot uchun barcha sharoitlarni o‘z ichida mujassam etgan zamonaviy ko‘p funksiyali majmua bo‘lib, umumiy qurilish maydoni 160 000 metr kvadratni tashkil qiladi.

“Piramit Tower” minorasi jami 52 qavatni, yerusti qismi 47 qavatni, umumiy balandligi 203 metrni tashkil etadi. Mahobatli binoda turar joylar va ofislar o‘rin olgan.

Turkiyaning Koç Construction  guruhi kafolati ostida barpo etilayotgan majmua qulay joylashuvi, ijtimoiy maydonlari, roof-bar va restoranlari, infinity-hovuzlari, sportzali, mini-golf maydoni, Play Station, kinoteatr, spa, turk hammomi va mehmonxonasi bilan investorlarni o‘ziga jalb qilmoqda. Dunyoning tajribali arxitektorlari tomonidan ishlab chiqilgan zamonaviy loyiha sifat va standart bo‘yicha jahondagi taniqli inshootlar bilan bellasha oladi.

Aytish joizki, loyiha qadimgi Misr piramidalarining hozirgi timsoli bo‘lgan me’moriy qoidalar asosida yaratiladi.

“Piramit Mall” haqida

“Piramit Mall” savdo markazi loyihaning yuragi sanaladi. Unda 6 qavat va 1000ta avtomobilga mo‘ljallangan yopiq avtoturargoh mavjud.

“Loyihani barpo etishda 400 kishidan iborat qurilish guruhlari 24/7 rejimda uzluksiz ishlamoqda. Qurilishda yetakchi ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning zamonaviy yuqori texnologiyali materiallaridan foydalanilyapti. Rejaga ko‘ra, minoraning temir-beton ishlari 2023 yilning sentabr oyida amalga oshiriladi. Qurilishda 95000 metr kub beton, 12500 tonna armatura va kompozit qismni mustahkamlash uchun 1000 tonna po‘latdan foydalanamiz. “Piramit Tower” bo‘yicha qurilishni yakunlash va uni ishga tushirishni 2024 yilning mart oyiga, “Piramit Mall” savdo markazini esa 2025 yilning birinchi choragiga rejalashtirganmiz”, - deydi qurilish bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari Mustafo Tunch Aridjan.

Samarali ishbilarmonlik muhiti va yashash sharoitini o‘zida jamlagan loyiha jo‘shqin hayot tarzini sevuvchilar uchun munosib maskan bo‘la oladi. Bu nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda yetakchi inshoot bo‘lishi ko‘zlangan.

“Markaziy Osiyodagi eng yaxshi arxitektura va qurilish loyihasi mukofotiga sazovor bo‘lgan “Piramit Tower” dunyoning yetti mo‘jizasidan biri bo‘lgan Misr piramidalaridan ilhomlangan holda yaratilmoqda. Kompaniyamiz bu majmuada uch nuqtani– uy, biznes va xaridlarni birlashtirdi. Bu vaqtni samarali sarflash va tejash imkonini beradi. O‘zbekistonga sayohatimizni “Hayot ushbu piramidada!” shiori ostida boshladik. Majmuaning noyobligi – hayot uchun zarur bo‘lgan barchasini liftdagi bitta tugmani bosish orqali olish mumkin”, - deydi Koç Construction  kompaniyasi bosh direktor o‘rinbosari Husayn Teper.

Ma’lumot uchun: Koç Construction Koç Group’ning shu’ba korxonasi bo‘lib, yarim asrdan ortiq tajribaga ega qurilish sohasida dunyodagi yetakchi kompaniyalardan biri. Koç Group, qurilishni tayyor holda topshirish, elektr ishlari, muhandislik tizimlarini o‘rnatish, loyihalarni boshqarish, qayta tiklanadigan energiya va qayta ishlangan xomashyolarga ixtisoslashgan. Kompaniya Osiyo, Yevropa, Afrikaning 10ta mamlakatida faol ishlamoqda. Ayni paytda O‘zbekistonda ham 15ta loyiha ustida faoliyat olib borishyapti.

Reklama