08:08 / 29.03.2018
9896

Tramp shaxsiy shifokorini vazir etib tayinlamoqchi

Foto: Getty Images

AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uy bosh shifokori Ronni Jyeksonni faxriylar ishi bo‘yicha vazir lavozimiga tayinlamoqchi. Bu haqda u tvitterdagi sahifasida yozgan.

«Men hurmatli admiral, tibbiyot fanlari doktori Ronni Jyeksonni faxriylar ishi bo‘yicha yangi vazir etib tayinlamoqchi ekanimni xabar qilishdan xursandman. Ayni damda bu lavozimni Mudofaa vazirligidan bo‘lgan Robert Uilki vaqtinchalik bajarib turibdi. Men Devid Shulkinga bizning davlat va bizning buyuk faxriylarga qilgan xizmatlari uchun minnatdorman!», - deya yozgan Tramp.

Endilikda Jyeksonning nomzodi AQSh senati tomonidan tasdiqlanishi lozim.

Mavzuga oid
Top