14:56 / 16.03.2019
19234

DYHXX texnika nazorati bo‘yicha yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritiladi

Foto: 123RF

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasi IIV davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati texnika nazorati bo‘yicha yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi hujjat loyihasi joylashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati texnika nazorati bo‘yicha yo‘riqnomaga kiritilishi rejalashtirilgan o‘zgartirishlar:

30-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“DYHXX tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar (avtotransport korxonalar)ning faoliyatini tekshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyuldagi PF–5490-son “Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni asosida amalga oshiriladi”.

31 va 32-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topiladi.

35-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning (avtotransport korxonalarining (ATK)) transport vositalarini soz holatda saqlash bo‘yicha faoliyatini tekshirish IIV YHXBB Transport vositalarini texnik holati ustidan nazoratni tashkil etish bo‘limi, hududiy YHXB texnika nazorati va ro‘yxatlash-imtihon olish bo‘limlari hamda tuman (shahar) ichki ishlar boshqarma (bo‘lim)larining yo‘l harakati xavfsizligi bo‘lim (bo‘linmasi, guruh)lari tomonidan amalga oshiriladi”.

38-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatini tekshirish tashabbusi bilan chiqish tegishli tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan qonunbuzarlik sodir etish xavfi darajasidan kelib chiqib, tekshiruvni tashabbus qilishni nazarda tutuvchi “xavfni tahlil etish” tizimi natijalari asosida amalga oshiriladi”.

9-bob quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“DYHXX transport vositalarini texnik holati ustidan nazoratni tashkil etish bo‘yicha hisobot yuritish”.

Bundan oldin, Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati texnika nazorati to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanishi xabar berilgandi.

Top