O‘zbekiston | 15:11 / 22.02.2021
41796
1 daqiqa o‘qiladi

Kutilayotgan sovuqlar mevali daraxtlarning kurtaklari va gullariga zarar yetkazadi - «O‘zgidromet»

25-27 fevralda kutilayotgan sovuqlar mevali daraxtlarning yozilgan kurtaklari va gullariga zarar yetkazadi. Bu haqda «O‘zgidromet» e'lon qilgan ma'lumotda aytilgan.

Foto: KUN.UZ

Qayd etilishicha, fevral oyining ikkinchi o‘n kunligida g‘ayritabiiy yuqori havo harorati hisobiga mevali daraxtlar, tut va tokning bahorgi vegetatsiyasi o‘rtacha ko‘p yillik ko‘rsatkichlardan 2,5 - 3 hafta erta boshlandi.

«O‘n kunlikning birinchi yarmida respublika hududining katta qismida mevali daraxtlarda yalpi kurtaklarning bo‘rtishi va ochilishi boshlandi, o‘n kunlikning oxiriga kelib esa erta gullaydigan mevali daraxtlar gullashi boshlandi. 

Respublika janubida erta gullaydigan mevali daraxtlarning gullashi fevral oyining birinchi o‘n kunligida boshlandi. Ikkinchi o‘n kunlikning oxiriga kelib gullash yalpi bo‘ldi», - deyiladi ma'lumotda.

Ma'lum qilinishicha, 25-27 fevralda kutilayotgan sovuqlar mevali daraxtlarning yozilgan kurtaklari va gullariga zarar yetkazadi.

Avvalroq, O‘zbekistonga sovuq havo oqimi kirib kelishi, mamlakat shimolida harorat 22 daraja sovuq bo‘lishi kutilayotgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid