10:41 / 30.04.2018
6433

Markaziy Amerikadan bo‘lgan yuzlab migrantlar AQSh bilan chegarada to‘planib oldi

Foto: AP

Markaziy Amerika davlatlaridan bo‘lgan bir guruh fuqarolar Meksika va AQSh chegarasi yonida to‘planib, Qo‘shma Shtatlarda boshpana berish talabi bilan chiqishdi. Bu haqda Associated Press xabar qilmoqda.

Taxminan 200 migrantdan iborat «karvon» Meksikaning Tixuanidagi chegara punktini qamalga oldi. Amerikalik chegarachilar shuncha migrantni qabul qilishning imkoni yo‘q ekani haqida ma'lum qilishgan.

Los Angeles Times’ning yozishicha, yig‘ilganlar turli shiorlarni hayqirmoqda va Honduras bayrog‘ini ko‘tarib olishgan. Ulardan ba'zilari, suratlarga ko‘ra, metall to‘siqlar ustiga ham chiqib oldi.

OAV «karvon» deb nom bergan o‘ziga xos aksiya ishtirokchilari o‘z yo‘lini 25 mart kuni boshlashgan – piyoda, avtobus yoki poyezdda. Ulardan ko‘pchiligi – Hondurasda yashovchilar. Ular vatanlarida mahalliy jinoyatchilar tahdidiga uchrashgani haqida aytishyapti.

AQSh chegarachilarining ogohlantirishicha, yig‘ilganlarga Meksika hududida kutish talab etiladi, sababi chegara punkti xodimlari har bir kishini alohida qabul qilishi kerak.

 

Mavzuga oid
Top