17:43 / 05.11.2018
26033

Xorazmlik jurnalist ozod etildi

29 oktabr kuni  xizmat vazifasini o‘tayotgan paytda, Qo‘shko‘pir tumani IIB xodimlari tomonidan Urganch shahrida ushlangan jurnalist ozodlikka chiqarildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Qo‘shko‘pir tumani Ma'muriy ishlar bo‘yicha sud qaroriga ko‘ra 7 sutkaga qamalgan Davlatnazar Ro‘zmetov jazo muddatini o‘tab, 5 noyabr kuni ozodlikka chiqarilgan. U Hazorasp tumani ichki ishlar bo‘limida saqlanayotgan edi.

Xorazmlik jurnalist, «Xorazm yoshlari» gazetasi muharriri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Ro‘zmetov bir hafta oldin Urganch shahrida qo‘lga olinib, sud mahkamasiga olib kelingan. Jurnalistning qamalishiga sabab qilib, O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgani bildirilgandi.

Ayni paytda Ro‘zmetov bilan yuz bergan hodisa bo‘yicha ayrim ma'lumotlar ma'lum qilingan. Kun.uz​ xorazmlik jurnalist bilan yuz bergan hodisani batafsil o‘rganmoqda.

Top