13:59 / 16.01.2020
0
49997

Jizzaxdagi gaz quyish shoxobchasida portlash, bir kishi halok bo‘ldi

Foto: Tergov departamenti

2020 yil 16 yanvar kuni taxminan soat 11:30larda, Zarbdor tumani Yangihayot mahallasida joylashgan “Gaz manbai” MChJga qarashli avtomobillarga suyultirilgan gaz (propan) quyish shoxobchasida ta'mirlash-payvandlash ishlari olib borilayotganida kelib chiqqan chaqnash oqibatida portlash yuz bergan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, natijada mazkur MChJ ishchilaridan fuqaro 40 yoshli Sh.A. hodisa joyida vafot etgan, 44 yoshli E.I. esa turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda hodisa joyida tergov-tezkor guruhi ishlamoqda, portlashning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.

Holat yuzasidan qo‘shimcha ravishda ma'lumot berilishi aytilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top