12:50 / 03.04.2018
12252

Kun.uz professional jurnalistlarni ishga taklif etadi

Kun.uz o‘z faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida professional jurnalistlarni ishga taklif etadi.

Sayt jamoasiga tajribali jurnalist, muxbir, korrektor va huquqshunos mutaxassislar qabul qilinadi.

Kun.uz saytining o‘zbek tilidagi talqini uchun:

- tadbir va matbuot anjumanlarida ishtirok etib, aholidan kelib tushgan murojaatlarni joylarga borib o‘rganish, materiallarni joyidan tayyorlovchi muxbir;

- ofisda materiallar va lavhalar bilan ishlaydigan jurnalist;

Saytning rus tilidagi talqini uchun:

- ofisda muntazam ravishda materiallar bilan ishlash, o‘zbek tilidan rus tiliga tarjimalar qilish;

Saytning ingliz tilidagi talqini uchun:

- ofisda materiallar bilan ishlash, o‘zbek tilidan ingliz tiliga tarjimalar qilish;

Korrektor uchun talablar:

- internet jurnalistikasidan xabardorlik, imlo va stilistikada mukammal bilimga egalik. 

Ishga kirish istagidagi nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

- yoshi 25-40 oralig‘ida bo‘lgan, intiluvchan, serg‘ayrat va eng muhimi professional xodim;

- o‘zbek tili va xorijiy tillardan birini mukammal bilish (yozma va og‘zaki nutq ravon bo‘lishi, til qoidalariga amal qilish);

- tahririyatning jurnalistik faoliyatga doir turli topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish;

- o‘z sohasi bo‘yicha chuqur bilimga ega, mustaqil fikrlash ko‘nikmasi, shuningdek, tahlil qilib, xulosalash qobiliyatiga ega;

- kompyuterda ofisga oid dasturlar bilan erkin ishlay olish.

Bundan tashqari, nomzodlar oliy ma'lumotli va ish tajribasiga ega bo‘lishi zarur.

Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarga:

- rasmiy mehnat shartnomasi hamda boshlang‘ich 2 mln. so‘mlik oylik maosh;

- to‘liq stavka bo‘yicha, kun davomida erkin ish grafik soati (bir haftada 6 kunlik ish soat normasidan kam bo‘lmagan tartibda);

- Toshkent shahridagi ofisga qatnab ishlaydigan jurnalistlar uchun bepul tushlik (kechki smena uchun kechki ovqat) va qulay ish sharoiti taqdim etiladi;

- jurnalistlar erkin ijod qilishi uchun zarur texnikaviy vositalar bilan ta'minlanadi.

Ofis barcha qulayliklarga ega, metro bekatiga yaqin joylashgan. Murojaatlarni o‘rganish va boshqa xizmat topshiriqlarini bajarish uchun sarflanadigan xarajatlar tahririyat tomonidan qoplanadi.

(Suhbat davomida mehnat shartnomasiga ham individual o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin).

Nomzodlardan info@kun.uz elektron pochta manziliga kichik hajm va erkin tarzda o‘zi haqida bayon etilgan ma'lumotlarni (F.I.Sh., yashash va ish joyi, telefon raqami, ish tajribasi, sohadagi faoliyatiga doir ma'lumotlar — chop etilgan maqolalaridan nusxalar va internetda e'lon qilingan ishlariga havolalar) yuborishi so‘raladi.  

Murojaat uchun telefon raqami:+998 95 146 23 23 (Qo‘ng‘iroqlar soat 09:00 dan soat 17:00 gacha qabul qilinadi).

Mavzuga oid
Top