O‘zbekiston | 15:02 / 16.10.2023
13246
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrif buyurdi

Prezident Butunjahon turizm tashkiloti Bosh assambleyasining yubiley sessiyasida ishtirok etish uchun Samarqand viloyatiga keldi. Davlat rahbari dastlab Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Butunjahon turizm tashkiloti Bosh assambleyasining yubiley sessiyasida ishtirok etish uchun 16 oktyabr kuni Samarqand viloyatiga keldi.

Davlat rahbari dastlab Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Qur’on tilovat etilib, duo o‘qildi. 

Majmua hozirgi kunda yangidan barpo etilmoqda. Bu yerdagi qurilish-pardozlash ishlari ko‘zdan kechirildi.

Tashrif chog‘ida prezident YuNVTOning bosh sammiti ochilishida nutq so‘zlaydi. Tashkilot bosh kotibi Zurab Pololikashvili bilan uchrashuv o‘tkazish hamda turizm ko‘rgazmasi bilan tanishish rejalashtirilgan.

Mavzuga oid