22:50 / 17.07.2018
9346

Ekvadorda atirgullardan ehrom qurildi

Foto: AFP

Ekvadorning Pedro-Monkayo shahrida yarim millionta atirguldan ehrom qurildi. Bu kompozitsiya evaziga eng yirik gullar kompozitsiyasi bo‘yicha jahon rekordini yangilashga umid qilinmoqda.

Kompozitsiya metall to‘rdan iborat karkas yacheykalariga gullarni joylashtirib chiqish orqali hosil qilingan. Ehrom maydoni ming kvadrat metrdan ko‘proqni tashkil qilgan. 

Shahar meri mahalliy aholi 30 yildan ko‘proq vaqtdan beri atirgullar o‘stirishini va ularning gullari dunyodagi eng yaxshilari ekanini isbotlamoqchi. Ularning buning uddasidan chiqqan-chiqmaganlari keyinroq ma'lum bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top