22:25 / 20.09.2019
26
35892

To‘ylar bo‘yicha komissiya raisi: «Dabdabali to‘y qilayotganlarga jinoiy javobgarlik kor qilmasligi mumkin. Ularni xalq oldida sharmanda qilish kerak»

«Javobgarlik, albatta, belgilanadi va bu 2020 yilning 1 yanvaridan kuchga kiradi».

Bugun, 20 sentabr kuni, Oliy Majlis Senatida “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qo‘shma qaror ijrosi ta'minlash bo‘yicha tuzilgan komissiyaning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyev qaror talablarini buzganlik uchun belgilanadigan javobgarlik xususida gapirdi.  

Xudoyor Meliyev

«Javobgarlik masalasi, jarima miqdori qancha bo‘lishi haqida aniq to‘xtamga kelingani yo‘q. Kodeksga o‘zgartirish kiritish va yana boshqa tashkiliy ishlar bor.

Birinchi navbatda, qarorning mazmun-mohiyatini joylarga yetkazish kerak. Adliya vazirligining eng quyi bo‘limlarigacha bu qaror jo‘natilgan. Javobgarlik, albatta, belgilanadi va bu 2020 yilning 1 yanvaridan kuchga kiradi. Balki, jarima belgilanar, balki boshqa turdagi javobgarlikka tortilar», – degan Meliyevning so‘zlarini keltirdi Kun.uz muxbiri.

Iqbol Mirzo

Komissiya raisi Iqbol Mirzo ham javobgarlik masalasida o‘z munosabatini bildirdi. Uning aytishicha, joylarda bu mavzu yuzasidan savol berilganda qonunchilikdagi eng yuqori jarima miqdori ko‘zda tutilayotganligini aytish lozim.

«Dabdabali to‘y qilayotganlarga ma'muriy yoki jinoiy javobgarlik qo‘llash unchalik foyda bermasligi mumkin. Ularni OAV orqali ko‘rsatib, butun xalq oldida sharmanda qilish kerak», dedi Iqbol Mirzo.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top