12:34 / 11.10.2018
10654

Tramp: Janubiy Koreya AQShning ruxsatisiz KXDRga qarshi sanksiyalarni bekor qilmaydi

Foto: NICHOLAS KAMM/AFP/Getty Images

Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, Janubiy Koreya AQShning ma'qullovisiz KXDRga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni bekor qilmaydi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, Janubiy Koreya hukumati Qo‘shma Shtatlarning ma'qullovisiz hech qanday qadamlarni qo‘ymayapti va qo‘ymaydi.

«Ular (Janubiy Koreya) bizning roziligimizni olmay turib sanksiyalarni bekor qilishmaydi», - deya aytib o‘tdi Tramp.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Kim Chen In bilan qachon uchrashishini aytgandi.

Uning ma'lum qilishicha, Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In bilan yangi uchrashuvi Amerika kongressiga saylovlardan keyin yuz beradi. 

Mavzuga oid
Top