Sport | 09:25 / 10.03.2018
14674
1 daqiqa o‘qiladi

Futbol bo‘yicha jahon chempionatining rasmiy madhiyasi taqdim etildi

Foto: EPA/Boglarka Bodnar

Amerikalik qo‘shiqchi Jyeyson Derulo Rossiyada bo‘lib o‘tadigan 2018 yilgi jahon chempionati rasmiy madhiyasini taqdim etdi. Qo‘shiq artistning youtube’dagi rasmiy kanalida e'lon qilingan.

Derulo qo‘shiqni turnirning ochilish marosimida - 14 iyun kuni «Lujniki» stadionida, Rossiya – Saudiya Arabistoni uchrashuvidan avval ijro etib beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq FIFA Saudiya Arabistoni va Qatar o‘rtasidagi siyosiy ixtilofdan tashvish bildirayotgani va u bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra, Saudiya Arabistonini 2018 yilgi jahon chempionatiga qo‘ymasligi mumkin ekani haqida xabarlar tarqalgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid